Mavzu: Qarzdorning kreditga layoqatlilik tahlili va uning baholash usullari


Download 186.48 Kb.
bet6/12
Sana22.06.2023
Hajmi186.48 Kb.
#1647594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qarzdorning kreditga layoqatlilik taxlili va uni baholash usullari

II. bob. Kreditga layoqatlilikni baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari va zamonaviy usullar
2.1. Kreditga layoqatlilikni baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniq laydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsiyentlardan foydalanadilar. Ularga:
-qoplash koeffi tsiyenti;
-likvidlilik koeffi tsiyenti;
-mustaqillik (muxtoriylik) koeffi tsiyenti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffi tsiyenti kiradi.

Likvidlilik mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffi tsiyentlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‘larining yetarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi.
Qoplash va likvidlilik koeffi tsiyentlari balansning aktiv va passivlarini solishtirish yo‘li bilan hisoblanadi. Likvid mablag‘lar o‘zining tez pulga aylanishi darajasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi.


Birinchi guruh likvid mablag‘larga:
-pul mablag‘lari (balansning 170-qatori), jumladan hisob-ki-tob varag‘i;
-valuta hisobvarag‘idagi (180-q);
-boshqa hisobvaraqlardagi va kassadagi pul mablag‘lari (190-q) kiradi.

Ikkinchi guruh likvid mablag‘lariga tez pulga aylanadigan talablar (bu talablarning muddati odatda 3 oydan oshmasligi lozim):

-ishonchli debitorlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblar (200–220-q);


-muddati 3 oygacha bo‘lgan avans to‘lovlari (230-q);
-budjet bilan hisob-kitoblar (240-q);
-korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa operatsiyalar (260–270-q);
-ishchi-xizmatchilar bilan hisoblashishlar (250-q);
-ta’sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar (280–290-q);

Ikkinchi guruh likvid mablag‘larning aksariyat qismini yaqin 3 oy ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan debitorlar tashkil qiladi. Shuning uchun kredit berishda bu likvid aktivlarning haqiqatda 3 oy ichida pulga aylanish ehtimolini chuqur tahlil qilish lozim: – 3 oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan veksellar; – xorijiy korxonalar bilan hisob-kitoblar.


Download 186.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling