Mavzu: Qazilgan bo’shliqning mustahkamligini taminlash


Download 1.98 Mb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1245410
  1   2
Bog'liq
Ismoil


MAVZU: Qazilgan bo’shliqning mustahkamligini taminlash.
Qazilgan bo‘shliqni mustahkandab qazish tizimi Qazilgan bo‘shliqni ochiq qoldirib, qazish tizimidan bu tizimni farqi, o‘rnatiladigan mustahkamlagichlar yordamchi ushlab turuvchi vosita yoki ishchi maydoncha sifatida foydalaniladi. Mustahkamlagichlarni muntazam o‘rnatib qazish tizimi, ruda va aralashma jinslar turg‘unligini ta’minlashga xizmat qilish bilan xarakterlanadi. Mustahkamlagichlar bir vaqtni o‘zida ishchi maydonchani asosiy vazifasini ham bajaradi. Qazilgan bo‘shliqni mustahkamlab qazish tizimi qo‘llanish sharoitiga ko‘ra mustahkamlab va bo‘shliqni to‘ldirib qazish tizimlari bilan o‘xshashligiga qaramasdan muhim farqi ham mavjud. Yuqorida keltirilgan o‘xshash qazish tizimlari har xil qalinlikdagi va shakldagi, og‘ish burchagi ham har xil bo‘lgan konlarni qazib olishda qo‘llanilishi mumkin bo‘Isa. mustahkamlab bo‘shliqni to‘ldirmasdan qazish tizimi rudani qalinligi 4 m bo‘lgan ba’zan, undan kattaroq o‘lchamda bo‘lgan sharoitdagi ruda konlarida qo‘llaniladi. Qazilgan bo‘shliqni mustahkamlab, bo‘shliqni to‘ldirmasdan qazishda ruda qalinligini ortib borishi mustahkamlash ishini murakkablashtiradi. Turg‘un bo‘hnagan aralashma jinslarda qazilgan bo‘shliqni ochiq qoldirib qazish tizimi bilan mustahkamlab qazish tizimi o‘rtasida biridan ikkinchisiga o‘tishni har xil ko‘rinishlari mavjud. Qazilgan bo‘shliq ochiq qoldirilib shift pog‘onali tizimda turgan mustahkamlagichlar astasekin kuchaytirib borish yo‘li bilan bu tizimni mustahkamlab qazish tizimiga aylantiriladi. Agar bo‘shliqdagi o‘rnatilgan mustahkamlagichlar panjarasi kon bosimiga bardosh berishga imkoni yetmaydigan bo‘lsa panjarasimon mustahkamlagichlar bilan birga to‘ldiruvchi materiallar ham qo‘llaniladi[4]. Oralig‘ida yupqa qatlamchalar kirib qolgan turg‘un bo‘lmagan rudani ham bo‘shliqni ochiq qoldirib qazish yoki to‘ldirib qazish tizimini qo‘llash, aralashma jinslar turg‘un bo‘lsa ham mumkin emas. Qazilgan bo‘shliqni to‘ldirmasdan mustahkamlab qazish odatda gorizontal qatlamlarga ajratib yoki shift pog‘onali tizimni qo‘llab qatlamchalarni ketma-ket pastki qismidan yuqoriga qaratilgan 175 yo‘nalishda har bir qatlamchani yoki pog‘onani rudaning cho‘ziqligi bo‘yicha yo‘nalishda qazish mumkin. Asosiy mustahkamlagichlar kuchaytirilgan tirgak mustahkamlagichdir (6.1-rasmga qaralsin). Tayanchli mustahkamlagich ruda tanasi qalin va o‘ta qalin bo‘lgan sharoitda qazishda odatda to‘ldiruvchi materiallar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Bu sxema (6.1- rasm, b) rudani yotgan aralashma jinslari turg‘un boimagan xollarda qoilaniladi, (6.1-rasm, v) keltirilgan sxema esa shift jinslari turg'un boimaganda qo‘llaniladi. Zarurat bo‘lsa, aralashma va shift jinslari g‘o‘la yog‘och yoki qalin taxta to‘shab mahkamlanadi. Tirgaklar uchqurlanib 5-10 sm li chuqurchalarga joylashtiriladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling