Mavzu: Qimmatli qog'ozlar bozorida tijorat banklarining o'rni


 REPO operatsiyalari, Anderrayting operatsiyalari,Trast operatsiyalari


Download 99.14 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi99.14 Kb.
#1540247
1   2   3   4   5
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar bozorida tijorat banklarining o\'rni

2  REPO operatsiyalari, Anderrayting operatsiyalari,Trast operatsiyalari
REPO operatsiyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish (sotish). REPO shartnomasining birinchi qismida sotuvchi kreditlanadi va ikkinchi qismida pul mablag‘lari egasiga ortig‘i bilan qaytariladi. Qimmatli qog‘ozlar egaligini huquqiy berish ma’lum vaqtga kreditni ta’minlangan qiladi va riskni kamaytiradi.
Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan farqlanadi. Haqiqiy REPO faqatgina tomonlar o‘rtasida REPO bitimini to‘zish to‘g‘risidagi bosh shartnoma bo‘lgandagina to‘ziladi. Bunday shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlarini hamda ular o‘rtasidagi hisob-kitob qoidalari aniq ko‘rsatiladi. Haqiqiy REPOning foizli daromadlari sotish va qaytib sotib olish turidagi REPOnikidan yaqqol farq qiladi.
Banklar mustaqil ravishda investitsiya va savdo portfelini shakllantirish tartibini o‘rnatadi shu bilan birga qimmatli qog‘ozni bir portfeldan ikkinchisiga o‘tkazishni ham.
Odatda qimmatli qog‘ozlar kutilgan daromadni keltirmasa va keltirish kutilmasa, shuningdek u o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarib bo‘lsa yoki moliyaviy resurslarni ishlatilishini yaxshiroq yo‘llari paydo bo‘lsa ular sotiladi.
Bankning qimmatli qog‘ozlar portfelining strukturasi.

Qimmatli qog‘ozlar portfeli

Investitsiya portfeli

Savdo portfeli

Foiz va divident shaklida foyda olish maqsadida olingan qimmatli qog‘ozlar

qaytarib sotish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar

REPO operatsiyalari bo‘yicha olingan qimmatli qog‘ozlar

Moliya bozorida ishtirok etuvchi KTi bank boshqaruvining umumiy shartlariga bo‘ysungan holda axborotlarni sir saqlaydi.
Qimmatli qog‘ozlarning bozor koterovkasiga ega bo‘lgan turiga ularning qadrsizlanishi bo‘yicha rezervlarni hosil qilish maqsadida chiqarilgan emission qimmatli qog‘ozlar kiradi, quyidagi shartlarga javob beradigan:
a) qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo tashkillashtiruvchi orqali yoki fond birjasida amal qilish uchun ruxsat, bunda davlat komissiyasi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tegishli litsenziyani bergan bo‘lishi kerak, xorijiy fond birjasi yoki savdo tashkiloti uchun – milliy vakolatli organ;
b) yuqorida ko‘rsatilgan fond birjasi yoki savdo tashkiloti hisobot oyi oboroti miqdori 20 ming evrodan kam bo‘lmasligi kerak;
v) bozor narxi to‘g‘risida axborotning ochiqligi, ya’ni unga kirish uchun qonunchilik asosida foydalanuvchidan maxsus huquq (imtiyoz) talab qilinmaydi.
Bozor narxi deganda bitim bo‘yicha bir fond birjasi yoki savdo tashkiloti kunidagi bir qimmatli qog‘ozning o‘rtacha o‘lchangan narxi tushuniladi. Agar qimmatli qog‘oz to‘zish sanasi yoki bitimning rezerv korrektirovkasi ikki yoki undan ortiq fond birjalarida amalga oshirilgan bo‘lsa, unda bozor narxi hisobot oyida eng katta oborotni fond birjasidan olinadi.
K.T. hisobot oyining natijalari bo‘yicha oldin to‘zilgan rezervlarning korrektirovkasini qimmatli qog‘ozlarni miqdori va bozor narxini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Agar qimmatli qog‘ozlarga bank mablag‘i qo‘yilgan bo‘lsa, hisobot oyi natijalari bo‘yicha ularni qadrsizlanishiga rezervlar to‘zish uchun mo‘ljallangan bozor koterovkasini qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lsa, hisobot oyini oxirgi ish kunidagi bozor narxi qimmatli qog‘ozlarning ikki marta kamaygan amaldagi narx bo‘yicha olinadi.
Bozor koterovkali qimmatli qog‘ozlarlarga aksiyalarni olib borishda ularni qadrsizlanishiga rezerv hisoblash uchun ushbu emitent bir qancha chiqargan va turli davlat nomerli aksiyalar bo‘yicha to‘zilgan bitimlar hisobot oyi bozor oboroti qimmatli qog‘ozlarga ruxsat beriladi. Rezerv har bir olingan qimmatli qog‘ozlar paketini, ularning balans qiymatidan kelib chiqqan holda to‘zilishi kerak bir turdagi qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda rezerv shakllantirishga ruxsat berilmaydi .
Agar hisobot oyi natijalari bo‘yicha bank rezidentlari va boshqa yuridik shaxs rezidentlar chiqargan qarz majburiyatlari va aksiyalar qayta sotishga va investitsiyaga olingan bo‘lsa unda ular bozor korektirovkasiga ega kategoriyadan koterovkalanmaydigan kategoriya o‘tkaziladi
Qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishi bo‘yicha rezervlarni shakllantirish va boshqarish tartibi.

Qog‘ozning bozor narxi o‘zgarish xarakteri

Qadrsizlanish bo‘yicha rezerv tashkil qilish tartibi

Rezervlarni birlamchi tashkil qilinishi

Qimmatli qog‘ozlarning balans tannarxidan past bo‘lgan bozor narxi

Pasaytirish narxi miqdorida rezerv tashkil qilinadi (balans tannarxi va qayta baholash narxi o‘rtasidagi farq)

Rezervlarni boshqarish

A) rezerv tashkil qilishda qo‘llaniladigan bozor narxi bazaviy narxdan oshib ketdi

Mablag‘larning foyda schyotiga butunlay o‘tkazilguniga qadar rezerv kamaytirib borladi

B) rezerv tashkil qilish uchun qo‘llanilgan bozor narxi bazaviy narxdan tushib ketdi.

Narx tushganda rezervga qo‘shimcha kiritiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha yuzaga keluvchi turli xil risklarni qoplash uchun tashkil qilinadigan rezervlarda avvalombor qimmatli qog‘ozlarning tannarxidan past bo‘lmagan bozornarxi bo‘lishini e’tiborga olish kerak.
Bu holda qimmtli qog‘ozlarni balans tannarxi va ularni qayta baholash bo‘yicha narx o‘rtasidagi farqdan kam bo‘lmagan rezerv tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tashkil qilingan rezervlarni samarali boshqarishda turli usullarda foydalanish mumkin.
Bu usullarni barchasi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan olib boriladigan operatsiyalarni unga yuqori daromad olib kelishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Anderrayting operatsiyalari.
Investitsiya kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri anderrayting — kimmatli kogozlarni xarid kilish yoki ularni sarmoyadorlar o‘rtasida joylashtirish kafolatini berish—xisoblanadi. Anderraytingga kuyidagilar kiradi: kimmatli kogozlarni chikarish shartlarini belgilash, ularning yangi nashrlarini tayyorlash, kimmatli kogozlarni keyin sarmoyadorlarga kayta sotish uchun emitentlardan sotib olish, ularni joylashtirish kafolatini berishni tashkil etish.
Anderrayter — bu kimmatli kokozlarga xizmat ko‘rsatuvchi va ularning birlamchi joylashtirilishiga kafolat beruvchi, kimmatli kogozlarni keyinchalik xususiy sarmoyadorlarga kayta sotish uchun emitentdan sotib oluvchi investitsiya muassasasidir.
Investitsiya kompaniyalari tomonidan anderraytingning amalga oshirilishini kuyidagi asosiy boskichlarga bo‘lish mumkin: kimmatli kogozlarni muomalaga chikarishga tayyorlash, shu jumladan, emitent va bunga ko‘maklashuvchi boshka tashkilotlar bilan xamkorlikda nashrlarni rejalashtirish, muomalaga chikariladigan kimmatli kogozlarni baxolash, emitent xamda nazarda tutilayotgan sarmoyadorlar o‘rtasida alokalarni o‘rnatish va x.k.; kimmatli kogozlarni taksimlash, shu jumladan, emissiyaning bir kismini yoki butun summasini sotib olish, kimmatli kogozlarni sarmoyadorlarga sotish, mazkur kimmatli kogozni joylashtirish vaktida uning bozor narxini ko‘llab —kuvvatlash; sotilgandan keyingi davrda kimmatli kogozning kursini ma’lum vakt mobaynida ko‘llab — kuvvatlash (odatda bir yil); shuningdek, kimmatli kogozning kurs kiymati o‘zgarishini taxlil va nazorat kilish, unga ta’sir etuvchi omil larni aniklash.
Trast operatsiyalari
Trast-ingliz tilida “ishonch” degan ma’noni bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida ishonch olingan mablag‘ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi. Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‘ynaydi.
Trast operatsiyalarini banklarda paydo bo‘lish tarixi yana bir bor tijorat banklariga bo‘lgan ishonchni katta ekanligidan dalolat beradi. Sababi shundaki, juda badavlat insonlar tomonidan hali balog‘at yoshiga etmagan farzandlari nomiga qoldirilayotgan boyliklarni, ularning vafotidan so‘ng boshqarish muammosini yuzaga kelishi banklarnig trast operatsiyalarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Banklar ushbu mablag‘lari fazandlar balog‘at yoshiga etgunga qadar, ishonchli tarzda boshqaradilar.
Trast operatsiyalari asta-syokin banklaning korporativ mijozlari bilan bo‘ladigan munosabatariga ko‘chdi.
Mijoznnig qimmatli qog‘ozlari portfelini yoki ushbu portfelning bir qismini hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘larini boshqarish tijorat banklarining trast operatsiyalari tashkil qiladi.
Tijorat banklari trast operatsiyalarini amalga oshirish tufayli birinchidan, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, birjadagi operatsiyalarda foydalanishi mumkin bo‘lgan o‘zoq muddatli moliyaviy resurslarni bahramand bo‘la oladi. Ikkinchidan, trast operatsiyalariga bog‘liq bitimlarni banklar o‘z mijozlarining shartnomalari asosida amalga oshiradi, shuning uchun bitimlar qonunlar bilan cheklanmaydi. Uchinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarni boshqarishdan komission mablag‘lar olib, o‘zi boshqarayotgan qimmatli qog‘ozlardan tushayotgan foydadan o‘z ulushini oladi. To‘rtinchidan, bank o‘z sarmoyalari bilan emas, balki o‘zgalar sarmoyalari bilan operatsiyalar o‘tkazadi va faqat trast shartnomasi doirasidagina javobgar bo‘ladi, asosiy tavakkalchilik esa qimmatli qog‘ozlar egasining zimmasida bo‘ladi.
Tijorat banklari xilma-xil trast operatsiyalarini bajarishi mumkin: mijozlarning pul mablag‘larini boshqarish, mijozlarning fond portfellarini shakllantirish va qimmatli qog‘ozlar paketlarini boshqarish; meroslar va xususiy trastlarni tasarruf etish, agentlik vazifalarini bajarish; obligatsiyalar chiqarish va to‘lov muddati kelganda obligatsiyalarni to‘lash fondlarini boshqarish; dividentlarni to‘lashga qimmatli qog‘ozlarni saqlashga, ularning xarakatini hisobga olishga, ularni boshqa qimmatli qog‘ozlarga almashtirib olishga oid, agentlik vazifalarini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlarga va qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga oid tavakkalchilikni sug‘urtalashda vositachilik qilish, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi yuzasidan buxgalterlik hisobi yuritish va hisobotlar to‘zish, qimmatli qog‘ozlar emitenti uchun transfert bo‘yicha agent (qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi) vazifasini bajarish va boshqalardir.


Download 99.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling