Mavzu: Qishloq xo`jaligida klasterlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish yo`llari Reja
Download 169.63 Kb.
|
1 2
Bog'liqQishloq xo`jaligida klasterlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish yo`llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
- PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Mavzu: Qishloq xo`jaligida klasterlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish yo`llari Reja: Qishloq xo`jaligida klasterlar faoliyatini tashkil etish bo`yicha Prezidentimiz qarorlari Qishloq xo`jaligida klasterlarini rivojlantirish yo`llari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral, seshanba kuni, qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmati Qayd etilishicha, mamlakatda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, ekin turlari zamon talabidan kelib chiqib o‘zgartirildi. Natijada hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda. Respublikada yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 66 ta mamlakatga eksport qilinmoqda. Davlat rahbarining 2019-yil 23-oktabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida meva-sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. 2019-yil 11-dekabrda bu borada Prezident qarori qabul qilinib, barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi. O‘tgan qisqa vaqtda hokimliklar tomonidan 86 ta shunday klaster tashkil etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi. Yig‘ilishda mazkur klasterlarning rejadagi quvvatlari, investitsiya miqdori va eksport hajmi bo‘yicha ma’lumot berildi. PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini ta’minlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida: 1. Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish; paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini, jumladan klaster doirasida tuzilgan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va olingan bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytarilishini tahlil qilib borish; paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritib borish; investitsiya majburiyatlarini buzgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tugatish bo‘yicha tavsiyanoma berish. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: a) paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish Respublika komissiyasi xulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda paxta-to‘qimachilik klasteriga ijara huquqi asosida yer uchastkasini berish talabgorning arizasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; b) paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xomashyosining kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud bo‘lgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi; v) Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi, tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha talabgor o‘rtasida to‘rt tomonlama bitim o‘ttiz yil muddatga tuziladi. Bunda talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi bo‘lgan taqdirda to‘rt tomonlama bitim yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi; g) bir hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat beriladi; d) to‘rt tomonlama bitimni bekor qilish quyidagi hollarda faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi: tomonlarning hech bo‘lmaganda bittasi qarshi bo‘lgan taqdirda; tomonlarning bitimda ko‘zda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi (bundan fors-major holatlar va (yoki) o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vujudga keladigan holatlar mustasno); qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida to‘liq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi; e) 2022-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlari yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bo‘shagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda ushbu tumanda faoliyat yuritayotgan paxta-to‘qimachilik klasteri boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega bo‘ladi. 4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: ikki oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha investitsiya kiritish, ish o‘rinlari yaratish va boshqa shartlarni o‘z ichiga olgan to‘rt tomonlama bitimni tuzish choralarini ko‘rsin; 2022-yildan boshlab to‘rt tomonlama bitimda har yili paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan tuzilgan bitim, shu jumladan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini, ular faoliyatining samaradorlik va moliyaviy auditini amalga oshirishni nazarda tutsin. Bunda, yillik paxta xomashyosi hajmi 30 ming tonnadan yuqori bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarida xalqaro auditorlik tashkilotlari jalb qilinadi. 5. Davlat soliq qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosini yetishtirish va sotish bo‘yicha shartnomalar qat’iy ravishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tgan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilishi hamda ushbu shartnomalarni soliq organlarining elektron shartnomalar axborot portalida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etsin. 6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi bilan birgalikda bir oy muddatda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualarni sotish bo‘yicha tuzilgan amaldagi shartnomalarning mazkur Farmonning 2-ilovasining 2-bandiga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin. Bosh prokuratura davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatiga noqonuniy aralashuv, turli byurokratik to‘siqlar yaratish kabi aniqlangan salbiy holatlar yuzasidan zudlik bilan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev belgilansin. Farmon ijrosini nazorat qilish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Foto: Prezident matbuot xizmati Qayd etilishicha, klasterlar tomonidan qayta ishlash, saqlash va quritish bo‘yicha 430 ming tonna qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish yuzasidan 96 ta loyiha rejalashtirilgan. Shuningdek, 6 ming gektarda intensiv bog‘ va 8 ming gektarga yaqin maydonda uzumzor barpo qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Joriy yilda 410 million dollarlik mahsulot eksporti mo‘ljallangan. Prezident Qishloq xo‘jaligi vazirligiga klasterlar faoliyatini tashkil qilish, xorijiy ekspertlar xulosasi asosida ekinlarni samarali joylashtirish, zarur urug‘lik va ko‘chatlarni hozirdan tayyorlash, Moliya vazirligiga klasterlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi klasterlarga yangi bozorlar topish va eksport qilishda doimiy ravishda amaliy yordam berib borishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Yig‘ilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat rejasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari ham muhokama qilindi. Davlat rahbari bu haqda joriy yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida aytgan edi. “Paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz. Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi”, — degan edi Shavkat Mirziyoyev. Ta’kidlanishicha, bu sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qo‘yadi. Bugungacha mamlakatda 73 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etilgan, o‘tgan yilgi paxta hosilining 73 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘rtacha hosildorlik klaster bo‘lmagan yerlarga nisbatan 4,1 sentnerga yuqori bo‘lib, qo‘shimcha 428 ming tonna paxta olingan. Yig‘ilishda klasterlarning huquqiy maqomini belgilash, ularni tanlash, fermerlar bilan munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning ochiq-oshkora mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. 27 ta klasterga paxta yetishtirish uchun ularning quvvatiga nisbatan ko‘p yer maydoni ajratilgani, 500 ming tonna tolani ishlab chiqarish quvvatiga ega ayrim klasterlarga esa yetarli miqdorda yer berilmagani keskin tanqidga sabab bo‘ldi. Prezident klasterlarni tanlashda chuqur qayta ishlash darajasi va investitsiyalar hajmi, fermerlar bilan hisob-kitob qilishda mablag‘ning yetarliligi asosiy mezonlar bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Klaster tashkil etilmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bunda o‘sha hududlardagi paxta tozalash zavodlari fermerlarga kooperatsiya tashkil etish uchun beriladi, qo‘shilgan qiymatdan tushgan daromad kooperatsiya a’zolari — fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Adliya vazirligiga klasterlar va fermerlarning majburiyatlarini aniq belgilab, ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Paxta yetishtirishni moliyalashtirishning amaldagi tizimi klasterlar bilan ishlashga moslashmagani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois klasterlar va fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bekor qilish, ekinlarni majburiy joylashtirish tartibidan 2023-yilgacha bosqichma-bosqich voz kechish bo‘yicha joriy va kelgusi yilda amalga oshiriladigan tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi. Xulosa Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini ta’minlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida: 1. Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish; paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini, jumladan klaster doirasida tuzilgan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va olingan bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytarilishini tahlil qilib borish; paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritib borish; investitsiya majburiyatlarini buzgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tugatish bo‘yicha tavsiyanoma berish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATIDownload 169.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling