Mavzu. Qishloq xo’jaligida mexnat resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi, mexnat unimdorligi
Download 392.37 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU QXI
1ooEI
Mm = ------ . (4.2) 1ooKI bunda: Mm -Mehnatning mavsumiylik koeffitsienti; 1oEIk - bir yildagi yoki oydagi eng ko’p ish kuni; 1oKIv - bir yilda yoki oydagi eng kam ish kuni. Uning mikdori xam 1-1,2 atrofida bo’lgani maqsadga muvofikdir. Kam Mehnat sarflanadigan oylarda ishlab chiqarishning boshqa soxalarini tashqil etish maqsadga muvofikdir. Bu masalani xar bir korxona uzi ichki imkoniyatlaridan kelib chikkan xolda xal etishi mumkin. Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarish resurslarining eng faol omili sifatida katta ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqarish jarayonida ongli ravishda katnashib, ko’prok, sifatlirok maxsulotlarni talabni kondiradigan mikdorda yetishtirishga, ish va xizmatlarni bajarishga xarakat kiladi. SHunday ekan, ulardan yil davomida tulik, samarali foydalanishga yerishish lozim. Buning uchun Mehnat resurslaridan foydalanilayotganlik darajasini aniklash kyerak. Uni aniklash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: Mavjud bo’lgan Mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsientini aniklash uchun ishlab chiqarish jarayonida xakikatda katnashgan Mehnat resurslari mikdorini (kishi) xo’jalikda shartnoma (buyruk) buyicha mavjud bo’lgan Mehnat resurslari mikdoriga taksimlanadi. U quyidagi formula yordamida aniklanadi: V IMr MK = . (4.3) V MMr bunda: Mk - Mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsienti; V IMr - ' xakikatda ishlagan jami Mehnat resurslari, kishi; V MMr - 1 mavjud bo’lgan jami Mehnat resurslari, kishi. Bu ko’rsatkichning darajasi birga yakin bo’lgani yaxshi. SHunda u mavjud Mehnat resurslaridan foydalanish yuqori bo’lganligidan dalolat byeradi. Mex,nat resurslarining xo’jalik faoliyatida katnashishi (1 oyda, 1 yilda). Uning mikdorini xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaktni sarflangan Mehnat resurslarining umumiy mikdoriga taksimlash natijasida aniklash mumkin, bu quyidagi formula yordamida aniklanadi: V Mrsv MrXkk = ximf (44) bunda: MrXkk - Mehnat resurslarining ma’lum bir muddatda urtacha ishlagan ish vakti, kishi-kuni, kishi-soati; V Mrsv - , z —' Mehnat resurslarining jami sarflagan vakti, kishi-kuni, kishi-soat. Bu ko’rsatkichning mutlak (absolyut) mikdori aniklanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining ish vakti fondidan yuqori bo’lmaydi. Mehnat resurslarining xar bir guruxi uchun amaldagi konunlarda yillik yoki oylik ish vakti fondi belgilanadi. Uning mikdorini bir yildagi kalendar kunlar mikdoridan barcha turdagi bayram (agar u konun buyicha dam olish kuni xisoblansa), dam olish xamda ta’til (otpuska) kunlarini ayirish orkali aniklanadi. Respublikada yillik ish vakti fondi 276-286 kun mikdorida belgilangan . Bu iktisodiy faol Mehnat resurslarining yillik ish vakti fondi xisoblanadi. Usmirlar uchun bu fond ularni ijtimoiy jixatdan ximoya kilgan xolda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zarur ishlarni bajaruvchilar uchun xam o’rnatilgan. Mex,natning unumdorligi darajasi. Mehnat unumdorligining mutlak (absolyut) darajasini aniklash uchun xakikatda sarflangan jami ish vakti mikdorini shu davrda ishlab chikilgan maxsulot mikdoriga, kiymatiga xamda bajarilgan ish xajmiga taksimlash zarur. Bu Mehnatni tejash iktisodiy konunining talabi. Amaliyotda esa u xakikatda ishlab chikarilgan maxsulotning, bajarilgan ishning mikdori yoki kiymatini unga sarflangan ish vaktiga taksimlash natijasida aniklanmokda. Bunday usulda ular bir-birlarini inkor etmaydi, balki tuldiradi. Download 392.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling