Mavzu. Qishloq xo‘jaligida mulk va xo‘jalik yuritish shakllarining samaradorligi. Reja
Download 84.95 Kb.
|
beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolga yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashgirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borishi, hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Respublikada xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning Moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.Navbatdagi muhim xususiyat — respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi. Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalari ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. Download 84.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling