Mavzu: Qishloq xo`jaligida taqsimot logistikasi Reja
Taqsimot logistikasining sohalarda qo‘lianilishi va o‘zaro hamkorligi
Download 39.75 Kb.
|
Qishloq xo`jaligida taqsimot logistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logistik tizimda mahsulotlar taqsimotining asosiy kanaliari va vositalari
Taqsimot logistikasining sohalarda qo‘lianilishi va o‘zaro hamkorligi
Taqsimot logistikasi faoliyatini aniqlashda ikki yo‘l mavjud. Birinchisi, yetkazib beruvchi ombordan tayyor mahsulotni jo‘na- tish operatsiyalar kompleksini o‘z ichiga oladi. Tkkinchisi, ancha keng qamrovga ega vazifalar. Taqsimot logistikasi butun moddiy mahsulot aylanishini — mahsulot o‘qim liniyasidan tushishidan boshlab iste’molchining omboriga tushgungacha bo'lgan jarayon uni amalga oshiradi. Bunda taqsimlash vazifaiari mikro- va iiiiikrologistika darajasida hal etilishi hisobga olinishi kerak. Mikrologistika darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi: sotish jarayonini rejalashtirish; mahsulotni o‘rash usulini tanlash, uni butlash va kon- servalash; mahsulotni yuklashni tashkil etish; mahsulotni iste’mol etiladigan joyga tamsportda tashilishini nazorat qilish hamda mahsulotni iste’molchiga yetkazish; sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etish. Taqsimot logistikasining makro darajasida hal etiladigan v.i/ifalari quyidagilardan iborat: moddiy oqimlarni taqsimlash chizmasini tanlash; taqsimlash vositalarini shakllantirish; taqsimlash markazlarini joylashtirish. I x>gistika tizimlarining xususiyatlarini o‘rganishda bu tizim- larni. boshqarish va (yoki) optimallashtirish uchun modellardan Ittydalanishadi. Uni sun’iy model va turli vositalar yordamida (so‘z, grafika, lni'ika bilan ta’riflab) o‘rganib. haqiqiy analog sifatida ta’riflash mumkin.
Taqsimot vositasi va uning vazifalari. Tovarlarni yetkazib lu ruvchi va iste’molchi ■- bu logistik vosita yoki taqsimlash vositasi bilan bir-biriga bog‘langan ikki mikrologistik tizimdir. Taqsimot vositasi — bu tashkilotlar yoki alohida shaxslar i.mj.oasi bo‘1ib, uiar ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan yo'lda aniq tovarga yoki xizmatga egalik huquqini birovga O'lkazadilar yoki o‘z zimmalariga oladilar. Logistik vosita — bu maleriallar oqimini aniq ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga vrtkazib berishga xizmat qiladigan ko‘pchilikni tashkil etgan tartibli isli yuritadigan turli vositachilardir. Taqsimot vositasidan foydalanib, iste’molchi ma’lum foydani qO'Iga kiritadi, chunki eng samarali usulda tovarlarning sotilishi la’minlanadi, mahsulotlarning maqsadli bozorlarga yetkazilishiga imkon beradi, taqsimlashga ketadigan xarajatlar tejaladi. I aqsimot vositasini tashkil etgan tashkilot yoki shaxslar bir qator amaUarni bajaradilar: bitim tuzish davrida — tovarlarni laqslmlash vositasi orqali harakatlanishini ta’minlash uchun nia’lumot to'plash, taqsimlash vositalari faoliyati bilan bogiiq vavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olish; bitim oxirida — tovar harakatlanishini tashkil etish (transportda jo'natish, omborga j(Jylashtirish), tovarlarni taqsimlash vositalari orqali
nakatlanishini ta’minlash uchun moliyaviy mablag'larni topish va ulardan foydalanish, taqsimlash vositalari faoliyati bilan bog‘liq xavf-xatarlami o‘z zimmasiga olish. Bevosita taqsimot jarayoni quyidagi ishlami amalga oshirish yo‘li bilan bajariladi: buyurtmalar ustida ishlash, mahsulotlami omborga joylashtirish va tovar-moddiy boyliklar zaxirasini ma’lum darajada ushlab turish, tovarlarni iste’mol joylariga trasportda jo‘natish. Buyurtmalar ustida ishlash quyidagilami o‘z ichiga oladi: iste’molchilardan buyurtma qabul qilish, korxonaning manfaatdor bo'limlariga buyurtma haqida ma’lumotlar yuborish, mahsulot ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Iste’molchilarga kerak bo‘lgan tovarlar omborxonada mavjud bo‘lsa, ulami iste’molchilarga yuborish ustida ish olib boriladi. Zarur tovarlar omborxonada mavjud bo‘lmagan hollarda ulami tayyorlash uchun korxonaga buyurtma beriladi. Mahsulotlarni omborxonaga joylashtirish. Ishlab chiqarish jarayoni tugagandan keyin tovar iste’molchilarga jo‘natilgunga qadar korxona tovarlarni saqlashga majbur. Buning sababi shun- daki, ishlab chiqarish va iste’mol qilish ish jarayonlari kamdan- kam hollarda bir-biriga to‘g‘ri keladi. Korxona tayyor mahsulotni saqlashning turli shakllarini tan lashi mumkin: 1 )tovaming bir qismi korxona omborxonasida, yana bir qismi mahsulot iste’mol etiladigan hududlarda saqlanishi;
ishlab chiqarilgan mahsulotning barchasi korxona ombor- xonalarida saqlanishi; korxona umumiy foydalaniladigan omborxonalarda joyni ijaraga olishi; tovarlarni saqlash uchun uzoq muddat foydalaniladigan om- borxonalardan yoki tranzit omborxonalardan foydalanish mumkin. Tovar-moddiy boyliklar zaxirasini та ’lum darajada ushlab turish. Iste’molchini unga zarur boMgan tovarlar bilan uzluksiz ta’minlab turish uchun ishlab chiqaruvchi korxonasi omborida yoki tovar iste’mol etiladigan hudud omborxonalarda tovar-moddiy boyliklar zaxirasi yaratiladi. Zaxiralar maxsus me’yorlarda ko‘zda tutilgan saviyada ushlab turiladi. Dilerlar — operatsiyalarni o‘zining nomidan va o‘z hisobidan amalga oshiradigan ulguiji. ayrim hollarda chakana vositachilar. Ular yetkazib berish shartnomasi asosida tovar sotib oladilar, yetkazib berilgan tovarlarga pul o‘tkazgandan keyin tovar egasiga ayianadilar va mazkur tovarlarni iste’molchilarga sotadilar. Distribyutorlar — operatsiyalarni ishlab chiqaruvchi va o‘zining nomidan amalga oshiradigan ulguqi va chakana vositachilar. ishlab chiqaruvchi distribyutorga o‘z mahsulotini ma’lum hududda va ma’lum vaqt oralig‘ida sotish huquqini beradi. Distribyutor tovarga egalik qilmaydi. U shartnoma asosida tovarni sotish huquqiga ega bo'ladi. Komissionerlar — operatsiyalarni o‘z nomidan va ishlab chiqaruvchi hisobidan amalga oshiradigan ulgurji va chakana vositachilar. Komissioner mahsulotga egalik qilmaydi. ko‘rsatgan xizmatlari uchun amalga oshirgan operatsiyalari miqdoridan foiz ko'rinishida rag'batlantiriladi. Brokerlar — kontragentlarni yig‘ib bitim tuzishdagi vosita- chilardir. Brokerlar mahsulotga egalik qilmaydilar, mahsulotlami idora etmaydilar. Ular topshiriq asosida ish tutadilar va bitim tuzilishiga yordam be radii a*. Faqatgina sotilgan tovar uchun rag'batlantiriladilar. Materiallar oqimini yetkazib beruvchidan iste’molchiga harakat- l.mtirish jarayonida qatnashadigan ko‘p sonli turli vositachilar ora- -.ulnn aniq qatnashchilari tanlangandan keyin logistik vosita logistik 11/unga aylanadi. Download 39.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling