Mavzu. Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning samaradorligini oshirish. Reja


Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning asosiy omilari


Download 44.2 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi44.2 Kb.
#1040686
1   2   3   4
Bog'liq
18 Mavzu. Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning samaradorligini oshirish.

3.8.2.Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning asosiy omilari


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish - ko’p jihatli jarayon bo’lib, hozirgi sharoitda uning quyidagi omillari muhim ahamiyat kasb etadi:
1).Iqtisodiy munosabatlarni tubdan qayta qurish. Qishloq xo’jaligini yuksaltirishning birlamchi masalalaridan biri qishloqda iqtisodiy munosabatlarni o’zgartirish, dehqonlarga kam xarajatlar sarflagan holda ko’plab sifatli mahsulot yetishtirishga intilish hissiyotiga ega bo’lgan yerning haqiqiy egalik huquqini qaytarish. Qishloqda iqtisodiy qayta qurishning asosida - dehqonlarga mustaqil harakat etish, tadbirkorlik va tashabbuskorlikni amalga oshiririshga zamin yarata oladigan xo’jalik yuritishning turli mulkka va shakliga asoslangan muhitni yaratish.
2).Yetishtirilgan mahsulotlarni asrash, uni nobudgarchiligini oldini olish. Qishloq xo’jaligini mavsumiylik xususiyatini unga mutanosib holda ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishiga bo’lgan talabni yanada oshiradi. Qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning turli mulk shakllarini keng rivojlantirish orqali ishlab chiqarishga yaqin yillarda saqlash, qayta ishlash shoxobchalarini yaratish imkoniyatlari tug’ildi. Mahsulotlarni nobudgarchiligini oldini olish bilan bir qatorda ularni tashish bilan bog’liq xarajatlarni kamayishiga erishildi.
3).Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish. Ishlab chiqarishni kimyolashtirishning asosida yerning unumdorligini oshirish orqali o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirishga qaratilgan tadbirlar yotadi:
a).Hosildorlikni oshirishga qaratilgan mineral o’g’itlarni tadbiq etish tadbirlari;
b).Kimyoviy vositalardan begona o’tlarga qarshi kurashish tadbirlari;
v).O’simlik va chorva mollari zararkunanda hashoratlari va kasalliklariga qarshi kurashishda kimyoviy vositalardan foydalanish;
g).Chorva mollarini to’yimliligini oshirishda kimyoviy chiqarilgan mahsulotlarini keng ko’lamda qo’llanishiga qaratilgan tadbirlar.
d).Qishloq xo’jaligida, kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keng ko’lamda qo’llanilishiga qaratilgan tadbirlar.
4).Qishloq xo’jaligini meliorasiyalash. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mahsuldorligini oshiradigan qo’shimchalardan foydalanish. Qishloq xo’jaligida, kimyo sanoatida, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda - sug’orish, zaxni qochirish, yerni ohaklash, sho’rni yuvish tadbirlarini o’z vaqtida, sifatli amalga oshirish muhim omillar jumlasiga kiradi.
5).Resurs talabchanligi kam bo’lgan intensiv texnologiyalarni qo’llash. Dehqonchilikda mavjud texnologiyalarni takomillashtirish muhim bo’lib, ularni asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
a).Ilmiy asoslangan o’g’it me’yorlarini qo’llash orqali qishloq xo’jaligi ekinlarining ozuqa talabchanligini optimallashtirish;
b).Qishloq xo’jaligi ekinlarining intensiv navlarini ishlab chiqarishga tadqiq etish;
v).Yerdan va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanishni ko’zda tutgan holda o’simliklarni joylashtirishning rasional sxemalarini ishlab chiqish;
g).Qishloq xo’jaligi mashinalarini takomillashtirish orqali agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishni qisqartirish va qo’shib olib borish;
d).Mahsulotlarni yig’ish, ortish va tashishdagi tadbirlarni takomillashtirish.
Chorvachilikdatexnologiyalarni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
a).Chorva mollarini saqlash, boqish va boshqa yo’nalishlarda intensiv texnologiyalarni joriy etish;
b).Mollar ozuqasi va ulardan olinadigan mahsulotlarni standartlashtirish;
v).Chorva mahsulotlari ishlab chiqarishni sanoat asosiga o’tkazish.
6).Chorva mollarining tarkibi sifatini va ularning ozuqa bazasini yaxshilash. Chorvachilikni intevsivlashtirishning muhim omili poda harakati va sifatini yaxshilash hisoblanadi, bunga yuqori mahsuldor mollar nasllarini yaratish bilan bog’liq tadbirlar kiradi. Chorvachilikni rivojlantirishda uning mustahkam ozuqa bazasini yaratish muhim bo’lib, ozuqa tarkibi, ko’lami va uning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni o’z ichiga oladi.
7).Ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisoslashtirishni takomillashtirish. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi tinimsiz yuksala boradi. Shu bilan birga iqtisodiy asoslangan qishloq xo’jaligi korxonalarining optimal katta-kichikligi, ularni mehnatga muvofiq ixtisoslashuviga, dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini ko’tarishga, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tadbiq etilishiga zamin yaratilib, natijada mahsulot yetishtirishning samaradorligini oshirishga erishiladi.
8).Mutaxassislarning malakasini oshirish. Qishloq xo’jaligiga fan yutuqlarni tadbiq etishda kadrlarni mutaxasislik saviyasini va texnik tayyorgarlik darajasini oshirmay turib erishish mumkin emas. Qishloq xo’jaligida mutaxasislarning malakasini oshirish birinchidan, mutaxassislarga murakkab va ilgari amalga oshira olmagan ishlarni bajarish uchun, ularning malakasini oshirish va egizak kasblarni egallashiga zamin yaratish, ikkinchidan nisbatan yuqori sifatga ega bo’lgan mahsulot olish, uchinchidan ma’lum bir vaqt oralig’i davomida avvaldagidan ko’proq mahsulot ko’lamini yetishtirish yoki xizmatlar hajmini bajarishga imkon yaratish.
9).Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlari va ilg’orlar tajribasini tadbiq etish. Hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligini intensivlashtirish sur’atlarini oshirish va uning samaradorligini ko’tarishni fan-texnika yutuqlari natijalarini tadbiqisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Fan-texnika sohalaridagi yutuqlar ishlab chiqarish kuchlarini yanada yuksaltiruvchi muhim omil bo’lib, ishlab chiqarish resurslari qatorida ishlab chiqarish jarayonlarida ishtiroq etadi. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishda amaliyotda mavjud bo’lgan ilg’or tajribalar natijasini tahlil qilish va ularni ishlab chiqarishga keng tadbiq qilinishi katta ahamiyat kasb etib, mahsulot ko’lamini ko’payishiga va ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.



Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling