Mavzu: Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazar


Download 487.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana14.12.2022
Hajmi487.53 Kb.
#1003349
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo\'shilgan miqdor nafligi nazariyalar

vositasi vazifasini bajaradi.Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kelgandan 
keyingina to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, 
pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini 
bajaradi. Qog’oz pullar, veksel va banknotlar — pulning to’lov vositasi sifatidagi 
vazifasidan kelib chiqqan. 
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va 
tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz pulning 
tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning 
likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan 
mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar. 
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar 
ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini 
tushunmaydi. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha 
tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U 
boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman 
tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondai, 


naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent 
sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli 
pullardan o’z qiymatiga ega bo’lmagan pul belgilarini qo’llashga o’tish hamda 
naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz pul oddiy tovarlarga 
xos bo’lgan xususiyatlar: qiymat va iste’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u 
maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy 
naflilikni saqlab qoladi. 
Qog’oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati 
bevosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega 
bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi (4.4-chizma). 

Download 487.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling