Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif


Download 326.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana27.12.2022
Hajmi326.93 Kb.
#1067830
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS ISHI (2)




KURS ISHI 
PULNING MOHIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI 
REJA: 
KIRISH 
 
1. Pulning kelib chiqishi va mohiyati 
 
2. Pulning vazifalari va ularga tavsif 
 
3. Pul turlari va ularning rivojlanishi 
 
4. O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalasini 
barqarorlashtirish usullari 
 
Xulosa 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi 
iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi 
bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul 
munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, 
tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda 
qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul munosabatlarga asoslangan iqtisodiy 
monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisoddir. 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror 
toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham 
chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor 
munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, 
soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha 
yondashish zarurligini taqozo qiladi. Bozor munosabatlarini boshqarish 
sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik 
markazi ana shu tizimlarga ko’chdi. Shu sababli, bank tizimini 
takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol 
uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, 
so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi 
muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va 
tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini 
kutmoqda: 
- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima? 
- aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l 
qo’ymaslik mumkin? 
- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) 
ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab 
chiqish lozim? 
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun 
qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak? 
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat? 
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, pul, 
kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar 
tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi. 



Pul bozor iqtisodiyotining eng muhim omillaridan biri bo`lib, iqtisodiyotning 
«qoni» dir. Iqtisodiyot pul bilan tirik. Pul bo`lmagan joyda bozor iqtisodi 
bo`lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarishdan tortib, to iste`molchiga yetkazib berishgacha pul vositasida 
amalga oshiriladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini tashkil etish, pul 
ayriboshlash, ularni saqlash, taqsimlash, bo`sh pulni qarzga berish, pul 
vositasida moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kabi 
iqtisodiy munosabatlar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. 




Download 326.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling