Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif


Download 326.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana27.12.2022
Hajmi326.93 Kb.
#1067830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
KURS ISHI (2)

Pulning turlariga umumiy tavsif. Kishilik jamiyatida ayirboshlash 
munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning 
oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob– kitoblarda qo‘llanilayotgan 
elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha yetib kelishiga sabab bo‘ldi. Albatta 
bu juda uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan 
va natural xo‘jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar 
pulning vazifasini bajargan bo‘lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda 
metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‘oz pullar, XX 
asrdan esa elektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida kirib keldi. 
Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga yetib kelguncha juda uzoq davr va 
ijtimoiy–iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan. Pulning turlarini o‘rganishda uni 
asl qiymatga ega bo‘lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‘lmagan 
(o‘rinbosar) pul sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar 
to‘lov vositasini bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha 
ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul massasini tartibga 
solish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lmagan. 
Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga 
nisbatan bir necha marta past bo‘lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin 
doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul 
massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi va qog‘oz pullar o‘zining 
to‘lov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo‘qotadi. 
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan: 
– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi; 
– qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda 
ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan; 
– ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi. 
Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq 
muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, 
tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki 
xususiyatlarini yo‘qotgan. 

Download 326.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling