Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif


Download 326.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana27.12.2022
Hajmi326.93 Kb.
#1067830
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ISHI (2)

Qog‘oz pullar. Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy – 
iqtisodiy voqelik bo‘lib, ushbu jarayon o‘zi bilan birgalikda qator 
muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyatsiya 
hisoblanadi. Qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi natijasida inflyatsiya 
muammosining paydo bo‘lishini asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar 
haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan, ya’ni haqiqiy pullarning o‘rinbosarlari 
hisoblanadi. Qog‘oz pullarda aks ettirilgan nominal qiymati ularning 
haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‘oz pullarning haqiqiy 
qiymati juda past. 
Mazkur darslikning birinchi bobi 1.1–paragrafida oltin tangalarning o‘rniga 
qog‘oz pullarning kirib kelishi bilan bog‘liq tavsilotlar atroflicha bayon 
etilgan. Ularni qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, oltin tangalarni 
saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar 
natijasida qog‘oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog‘liq jarayonni 
qisqacha bayon etmoqchimiz. Ushbu jarayon Yevropaning ayrim 
mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog‘oz pullarning kirib kelish tajribasida 
ro‘y bergan. Chunki, ushbu mamlakatarda qog‘oz pullar Xitoy, Turkiston, 
Rossiya malakatlaridan keyin muomalaga kiritilgan bo‘lsada, oltin tangalarni 
muomaladan chiqib ketishi natijasida ularning o‘rniga qog‘oz pullarni kirib 
kelishi stixiyali tarzda ro‘y bergan. Manabalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz 
pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga 
chiqarilgan. 
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, 
kishilar o‘rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‘rilmagan darajada o‘sib bordi. 
Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash borasida 
qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish 
maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo 
bo‘ldi16 . Oltin saqlovchilar asta – sekinlik bilan odamlarning ishonchiga 
kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik bo‘sh oltin tangalarini ma’lum 
haq to‘lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin saqlovchi oltinlarni 
saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga, qachon va 
qancha oltin kerak bo‘lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini tasdiqlovchi 
tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi. 
“A” shaxs “B” shaxsga sotib olgan tovari uchun to‘lagan oltin tangani “B” 


23 
shaxs ham o‘z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib 
topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida 
o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin 
saqlovchi odamlar orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‘ng 
odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot 
uchun sotuvchiga tilxatlarning o‘zini to‘lov vositasi sifatida bera boshladi. 
O‘z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, 
zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi 
oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‘lov vositasi sifatida o‘tkazib yubordi. 
Shu tariqa muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi. 
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va yetarli darajada 
ishonchga ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‘lov 
vositasini bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar 
to‘lig‘icha oltin bilan ta’minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining 
kasodga uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suiste’mol qilishi natijasida 
muomalada ta’minlanmagan qog‘oz pullar paydo bo‘la boshladi. Natijada 
ushbu pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin 
tangalar berishdan bosh tortdi. Bularning barchasi mamlakatda pul 
muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik yuritish va hisob – kitoblarni 
amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda 
davlat qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o‘z qo‘liga 
oldi. Buning uchun 16Bir necha asrdan keyin ushbu “oltin saqlovchilar” 
banklarga aylandilar. alohida davlat banki, ya’ni Markaziy bankni tashkil 
etdi, unga muomalaga qog‘oz pullarni chiqarish, pul muomalasini tartibga 
solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni 
emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini 
ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi. 
Angliyada qog‘oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari 
tomonidanmuomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z 
banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat 
banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan 
Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi. 
Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‘lmaganligi sababli 
ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‘lov 
vositasi sifatida hisob – kitoblarda keng qo‘llanilishida muammolar uchrab 
turgan. Buning oldini olish maqsadida og‘ir choralar qo‘llanilgan. Masalan, 
Xitoyda qog‘oz pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan 


24 
shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi, 
ba’zi hollarda o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz 
pullarni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi 
xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. 
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita 
ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning 
soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni shu qog‘oz pullarda qabul qilishi 
bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” 
tarzidagi ma’nosi bir – biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. 
Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – 
biridan tubdan farq qiladi. 
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining 
hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. 
Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini 
o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi. 
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda 
davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning 
topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi orqali 
hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga va pul 
muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi. 
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar 
pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli 
nazoratni amalga oshirishni talab etadi. 

Download 326.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling