Kelajak oldidagi burchimiz. - Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson - tuhfalarini kor - korona sarflash va uning boyliklarini talon-taloj qilishga hech kimning haqqi yoq.
- Tabiat haqida qaygurish - insoniyat ozi haqida qaygurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun yetkazilgan zarar insonning oziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bolgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va osimlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yoq. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qolyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi - bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi - sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |