Mavzu: “Qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan trening mashg'ulot rejasi
Download 25.58 Kb.
|
Trening dasturi Qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot nomi Vaqt Kutiladigan natija
- Mavzu:” “Insonlarda qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan trening” mashg’ulotining dasturi Maqsad
- MASHG’ULOTNING BORISHI KIRISH 1. Guruhiy normalarni ishlab chiqish va qabul qilish Maqsad
- 3. "Sherigingni tanishtir" Maqsad
- Ko’rsatma
- 3. "Rolli oyin" Maqsad
- YAKUNIY QISM 1. "Yashirin tilak" mashqi Maqsad
Mavzu: “Qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan trening mashg'ulot rejasi
Mavzu:” “Insonlarda qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan trening” mashg’ulotining dasturi Maqsad:Ishtirokchilarda yashirin qobiliyatlarni aniqlash yuzasidan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish Vazifalar: 1. Guruh a'zolarini o‘zaro tanishtirish, bir birlari haqida ko'proq ma‘lumotga ega bo‘lish 2. Guruhda o'zaro ahillik muhitini yaratish 3. Guruh ishtirokchilarini bir birlarini yaxshiroq tushunishga va o'z qobiliyatlarini yaxshiroq anglashga o'rgatish. Guruh normalari: Yagona mikrofon qoidasi (kimni qo'lida mikrofon bo'lsa o'sha odam gapiradi); Faollik qoidasi; Reglament qoidasi (Trening qatnashchilar o'z fikrlarini aniq, lo'nda, qisqa bayon etishlari kerak); Sirlilik qoidasi (mashg'ulot jarayonidagi barcha kechinmalar guruhdan tashqariga chiqishi mumkin emas). MASHG’ULOTNING BORISHI KIRISH 1. Guruhiy normalarni ishlab chiqish va qabul qilish Maqsad: Mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash 2. “Chemadon” o’yini Maqsad: Ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini aniqlash Ko’rsatma: Ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini qog'ozga yozib, taxlab chemadonga soladi 3. "Sherigingni tanishtir" Maqsad: Ishtirokchilarga bir-birlari to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'lish imkonini yaratish Ko’rsatma: Ishtirokchilar o'zini emas sherigini tanishtiradi. Sherigini ismini va uning qobiliyatini aytadi ASOSIY QISM 1. “Alifbo” o’yini Maqsad: Ishtirokchilarni o'ylash, qo'shiq yoki she'r aytish qobiliyatini rivojlantirish va ko'tarinki kayfiyat berish Ko’rsatma: Bu o'yinda ishtirokchilar birin-ketin qo'shiq yoki she'r aytib ketadilar. Harflar ketma-ketligiga amal qilgan holda 2. “Plastilinli estalik” mashqi Maqsad: Ishtirokchilar ongini rivojlantirish, dam olishi va qobiliyatini tekshirish Ko'rsatma: "Bunda trening ishtirokchilari idishda turgab plastilinlardan olib ketma-ketmalikda joylariga o'tirib oladilar. Ishtirokchilar xohlagan narsasini yasaydilar va yasagan narsasini estalik uchun sherigiga beradi. Savol: Sizning qobiliyatingiz bo'lmasa...? 3. "Rolli o'yin" Maqsad: Esdan chiqib ketayotgan rollarni o'ynash va ko'tarinki kayfiyat berish. Ko'rsatma: Bunda 2 guruhga bo'linadi. Ya'ni 2 ta ssenariy bo'ladi, bu ssenariyda rollar yozilgan bo'lib, u ishtirokchilarga tarqatiladi. O'sha rollar orqali 2 guruhga bo'linadi. Ularga 5 daqiqa vaqt berib berilgan ssenariy bo'yicha sahna ko'rinishi ijro etiladi. Ssenariy nomi: Zumrad va Qimmat, Kelinlar qo'zg'oloni. YAKUNIY QISM 1. "Yashirin tilak" mashqi Maqsad: Ishtirokchilarni ko'tarinki kayfiyatini barqarorlashtirish Ko’rsatma: Treningdagi ishtirokchilar birma-bir qog'ozga guruh uchun o'zining tilagini yozib qutichaga soladi. 2.Qayta aloqa Maqsad: Ishtirokchilarning kutuvlari amalga oshganlik darajasini aniqlash Ko'rsatma: Hozir har bir kishi quyidagi savollarga og'zaki javob beradi: '"Men bugun treningdan. . .". Barcha ishtirokchilar gaplarini shu jumladan boshlab, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashadilar. Trener ishtirokchilarning fikrlarini diqqat bilan tinglashi va ularga ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirib, mashg'ulot yakunlanganligini e'lon qilishi kerak. Download 25.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling