IV.Amaliy mashg’ulot.
Asbob va moslamalar: yumshoq karton, ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg‘a gazlama bo‘laklari, igna, gazlama rangidagi g‘altak ip, qaychi, angishvona, chizg‘ich, mayda to‘g‘nag‘ichlar.
Ishning tartibi. Qo‘g‘irchoq detallari ko‘rsatilgan sonlar miqdorida ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg‘a gazlamadan bichib olinadi va uning tana qismi tikib tayyorlanadi. Qo‘g‘irchoqning tana qismi tayyor bo‘lgach, shu o‘lchamdagi ko‘ylak andozasi tayyorlanadi. Uning andozasi va gazlamaga joylashtirilishi 2-rasmda keltirilgan. Ko‘ylak andozasi ham qo‘g‘irchoqning tanasi kabi tayyorlanadi.
2-rasm. Ko‘ylak andazasi va uni gazlamaga joylashtirilishi
Qo‘g‘irchoqning tana qismi quyidagicha tayyorlanadi:
1.Qo‘g‘irchoq tanasining bosh qismida 4 ta 3 sm. li vitachkalar gazla-
maning teskari tomonidan belgilanadi va tikib olinadi.
2.Qo‘g‘irchoqning yuz qismida o‘ng tomondan qosh, ko‘z va og‘iz
o‘rnilari belgilanadi.
3.Qo‘g‘irchoqning tana qismi detallarini o‘ngini o‘ngiga qaratib, atrofi-
dan 0,5 sm. li chok uchta tomonidan tikib chiqiladi. Bo‘yin qismida
ozgina kertim (ochiq joy qoldiriladi) berilib tana qismi o‘ngiga ag‘-
dariladi va ichi sintefon bilan to‘ldiriladi. Chok haqi ko‘rinmas chok
bilan tikib qo‘yiladi.
4.Qo‘g‘irchoqning oyog’i va qo‘llarini ham o‘ngini ichkariga qaratib
3 ta tomonidan tikib chiqiladi, ichi to‘ldiriladi va tana qismiga ulab
qo‘yiladi.
5.Kavushini ikkiga bukilib tovon qismi tikiladi, ichi to’ldirilib oyoq
uchlariga biriktirib qo‘yiladi.
6.Qo‘g‘irchoqning yuz qismi kashta bilan tikib bezatiladi va sochi
qora jun ipdan tayyorlanib, boshiga tikib yoki yelimlab yopishtiriladi.
V. Dam olish daqiqasi : ”Qo’g’irchoq” ashulasi.
VI. Yangi mavzuni mustahkamlash va baholash.
1.Qo‘g‘irchoqning tana qismi uchun qanday gazlama bo‘laklari kerak
bo‘ladi?
2.Qo‘g‘irchoqning tana qismi qanday detallardan iborat?
3.Har bir detal qanday nomlanadi va nechtadan bichiladi?
4.Qo‘g‘irchoqning tana qismi qanday bosqichlarda tikiladi?
5.Kim o’zi mustaqil qo’g’irchoq tikib ko’rgan?
O’quvchilarni tayyorlagan ishlarini tekshirish, savol-javobdagi ishtirok etganliklariga qarab baholash va ko’p baho olgan guruhlarni rag’batlan-tirish.
VII.Darsni yakunlash. uyga vazifa berish.
Uyda milliy qo’g’irchoq turlaridan chizib, mavzuga oid ma’lumotlar o’rganib kelish. Ish o’rnini yig’ishtirib, tartibga keltirib qo’yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |