Mavzu: Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo`l ishlari bajariladigan ish o`rniga oid talablar. Ish o`rnini tashkil qilish. Darsning maqsadi


Download 40.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi40.5 Kb.
#206169
Bog'liq
mexnat-1mavzu


Mavzu: Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot.Qo`l ishlariga va qo`l ishlari bajariladigan ish o`rniga oid talablar. Ish o`rnini tashkil qilish.

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga tikuvchilikda qo`lda bajariladigan ishlar, ularning ahamiyati va ish o`rnini tashkil qilish haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga qo`l ishlari va ish o`rnini tashkil etishga oid dastlabki tartib-qoidalar haqida ma’lumot berish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning gazlamalarga ishlov berish haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularni ish o`rnida tartibli ishlashga o`rgatish.

Darsning jihozi: tabiiy, sun`iy va sintetik va aralash tolali gazlamalardan hamda qo`lda bajarilgan ishlardan namunalar, jihozlangan ish o`rni.

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. So’rash:

  1. Tikuvchilikda qanday turdagi gazlamalardan foydalaniladi?

  2. Qo`l ishlari haqida nimalarni bilasiz ?

  3. Qo`l ishlari nima sababdan bajariladi ?

  4. Qo`l ishlarini bajarishda nimalarda e’tibor berish kerak ?

  5. Yangi mavzuni bayon qilish.

http://begoyim.edunet.uz/mos.htm

  1. Nazariy ma’lumot.

Kiyim tikishda gazlamaga dastlabki ishlov berishda, o`lchash va bichishda uning ayrim detallari yoki qismlarni vaqtincha biriktirib turishda qo`l ishlaridan foydalaniladi. Qo`l ishlari ikki guruhga bo`linadi:

  1. Tik turib bajariladigan ishlar va o`tirib bajariladigan ishlar.Ishlar esa kiyim yoki detalni ham stol ustiga, tikuvchining tizzasiga qo`yib qilinishi mumkin. Oyoq toliqmasligi uchun o`tirib bajariladigan ish o`rnini pastki qismiga kichkina yashikcha o`rnatiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib qo`yiladi. Tik turib bajariladigan ish stolining chap tomoniga andozalarni ilib qo`yish uchun kronshteyn o`rnatilgan bo`ladi. Stol o`ng tomonidan old qismida chegaralangan joy bo`lib, bu yerda qaychi, bo`r va hakozo saqlanadi. Stol o`ng tomoning yuqori burchagiga organic shisha tagiga texnologik yoki instruksion karta yoki ish chizmasi joylanadi.Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo`yiladi. Rasmda ishlab chiqarishda ishlovchi tikuvchining ish o`rni ko`rsatilgan . Biz bulardan foydalanib, o`z ish o`rnimizni tashkil etib olamiz. Shuni unutmaslik kerakki, tik turib yoki o`tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto`g`rib o`lsa odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va gavda qiyshayib, yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Tikuvchi to`g`ri o`tirishi uchun oyoqlar polga yoki taglikka to`la tiralib turishi kerak.Oyoqlarni chalishtirib o`tirmagan ma’qul, aks holda qon aylanishi yomonlashadi; gavdani boshni to`g`ri tutib yoki salgina oldinga egib o`tirish kerak; Ko`krakni stolga tirab o`tirish yaramaydi; qo`l tirsakdan bukilib, gavdadan taxminan o`n sm masofada turishi lozim; ish bajarayotganda tirsaklarni stol ustiga tirab o`tirish yaramaydi; tikayotgan kiyim yoki detalni ko`zdan 25-30 sm masofada tutish kerak; ish o`rni yaxshi yaratilgan bo`lishi yorug`lik chap tomondan tushib turishi lozim.Tik turib ishlaydigan tikuvchi gavdani to`g`ri va qattiq tutib turishi, bo`yin va ko`krak qismida umurtqa to`g`ri turishi kerak.

Qo`l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo`yiladi:

  1. Bir detaldan ikkinchi detalga bir chiziqlarini o`tkazish uchun nusxalama (salqi) qaviq bilan yoki yordamchi andaza qo`yib burlanadi.

  2. Detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ulashda ipning rangi asosiy detali rangidan ancha farq qilishi kerak;

  3. Qaviqlarni detallarga tushurishda qaviq yirikligi o`n tomonida ham teskari tomonida ham bir xil bo`lishi kerak;

  4. Detallarni ko`klashda qaviqqator shu detaldagi nusxalama qaviqqator ustidan yoki bo`r chizig`I ustidan tushuriladi.Ko`klab bo`lgandan keyin nusxalama qaviq ishlari olib tashlanadi;

  5. Qo`l qaviqqatorini bajarishda ishlatiladigan ip nomeri qaysi qaviq qayerda bajarilishiga qarab tanlanadi. Qaviq, yirikligi va qaviqqator zichligigazlamaning qalin yupqaligi va shu qaviqqa qo`yilgan talablarga bog`liq bo`ladi;

  6. Ipning uchi qaviqqator boshida tugilib, oxirida bir joining o`ziga ikki-uchta qaviq solib puxtalanadi;

  7. Doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi asosiy gazlama rangiga mos bo`lishi shart;

  8. Petlyalarni yo`rmashda qaviqqatorlar orasida ochiq joy qolmasligi lozim;

  9. Ikki detalning biri-o`rish ipi bo`ylab, ikkinchisi arqoq ipi boylab bichilgan bo`lsa ularni ulashda arqoq bo`ylab bichilgan detalni ust tomonga qo`yish kerak. Qalinligi har xil gazlamadan bichilgan detallarni ulashda yupqa gazlamadan bichilgan detalni ust tomonga qo`yish kerak.



  1. Amaliy mashg’ulot.

O`quvchilar o`qituvchining ko`rsatmasi rahbarligi ostida o`z ish o`rinlarini tashkil etishni va undan to`g`ri foydalanishni o`rganadilar.

  1. Mustahkamlash.:

  1. qo’l ishlariga nimalar kiradi,

  2. qo`l ishlari qanday guruhlarga bo`linadi?

  3. Qo`l ishlariga oid ish o`rinlari qanday tashkil etiladi?

  4. Qo`l ishlarini bajarishga qanday talablar qo`yiladi ?

12. Uyga vazifa.

O`tilgan mavzuni o`rganib kelish.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling