Tizimli vaskulyit va biriktiruvchi to’qima kasalliklarida qon tomirlarining ko’plab shikastlanishlari qayd etiladi:
Yirik tomirlar (aorta va uning qismlari) — gigant hujayrali arteriit (Horton kasalligi), Takayasu kasalligi, Bexchet sindromi, artropatiyaga hamrohlik qiluvchi vaskulit;
O’rta diametrli arteriyalar — tugunli periarteriit, gigant hujayrali arteriit, Vegener granulematozi, Cherga-Straus sindromi, Kavasaki kasalligi, qon tomirlarinign radiatsiya tomonidan shikastlanishi;
Kichik tomirlar (arteriola va kapillyarlar) — tizimli skleroderma, tizimli qizil volchanka, revmatoid artrit.
Bundan tashqari, alohida ravishda Byurger kasalligini ajratib ko’rsatish mumkin. U qo’l-oyoq arteriya va venalarining trombozi, o’tkir yallig’lanishi bilan ifodalanadi.
Vazospastik kasalliklarga (ularning asosida mushak tipli tomirlarning vazokonstriktsiyasi yotadi) migren, Reyno sindromi va kasalligi kiradi.
O’pka gipertenziyasi
O’pka gipertenziyasi — o’ng qorincha yetishmovchiligi rivojlanishiga va insonning muddatidan oldin o’limiga olib keladigan o’pka tomiri qarshiligining progressiv o’sish bilan tavsiflanadigan kasalliklar guruhi.
Venoz tromboembolik asoratlar
Teri osti, chuqur venalar, shuningdek o’pka tromboemboliyasini birlashtiradigan umumiy tushuncha.
Hayotga tahdid soladigan YTK belgilari
Miokard infarkti belgilari:
Kasallikning asosiy belgisi bu kuchli og’riqdir. Miokard infarkti bilan kechadigan og’riq ko’ks ortida joylashgan bo’lib, u yonish hissi va xanjar urilgandek hissiyotlar bilan ifodalanadi, ba’zi bemorlar og’riq «yorib tashlagudek» bo’ladi deya ta’riflaydi. Og’riq chap qo’l, pastki jag’, kuraklar orasiga tarqalishi mumkin.
Ushbu holatning rivojlanishi har doim ham jismoniy zo’riqishdan keyin kelmaydi, ko’pincha og’riq sindromi dam olish vaqti yoki kechqurun yuz beradi.
Yurak xurujiga quyidagilar hamrohlik qilishi mumkin:
Nafas olish qiyinlishuvi, nafas qisilishi, yo’tal;
Ko’ngil aynishi, qusish;
Bosh aylanishi;
Zaiflik, hushni yo’qotish;
Sovuq ter, titroq, oqarib ketish;
Yurak urishi, yurak ishida uzilishlar;
Emotsional qo’zg’alish, qo’rquv.
Do'stlaringiz bilan baham: |