Mavzu: Qon bosimi oshishi (gipertoniya) sabablari, belgilari, tasnifi, davolash
Download 77 Kb.
|
Gipetoniya kasalligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipertoniya kasalligi haqida
- Qon bosimi oshishi belgilari va alomatlari
- Gipertoniya kelib chiqishi sabablari
- Gipertonik kriz nima
- Gipertoniyaga tashxis qoyish
- Gipertoniya bosqichlari
- Qon bosimi kotarilishini davolash
- Ovqatlanish tartibi
Mavzu: Qon bosimi oshishi (gipertoniya) sabablari, belgilari, tasnifi, davolashQon bosimi oshishi yoxud gipertoniya bugungi kunda yurak-tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik arterial qon bosimining kotarilishi bilan namoyon boladi va kopincha uning korsatkichi 140/90 dan oshib ketadi. Yurak-tomir kasalliklari sohasidagi koplab ekspertlarning fikricha, gipertoniya kopincha qon aylanishi buzilishlari natijasida sodir boladi. Yurak yetishmovchiligi ham uning sababchilari royxatiga kiradi. Mazkur kasallik bemorlarda ikkilamchi kasalliklar rivojlanishiga turtki bolishi mumkin, masalan insult, yurak xuruji. Yuqori arterial qon bosimi qon tomirlariga salbiy tasir korsatadi, chunki ular qisqa vaqt davomida birdan torayadi. Juda kuchli bosimda esa bazi qon tomirlar bardosh bera olmay yoriladi va ichki qon ketish kuzatiladi. Gemorragik infarkt elastikligi yoqolgan va sinuvchanlikka moyil bolgan tomirlar joylashgan azolarda sodir boladi. Gipertoniya kasalligi haqidaGipertoniya qon tomirlarning nerv-funksional faoliyati buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Kasallik asosan 40 yoshdan kattalarda uchraydi, lekin songgi yillarda yoshlarda ham tez-tez kuzatilishi qayd qilinmoqda. Gipertoniyadan ayollar ham, erkaklar ham bir xil aziyat chekishadi. Bu kasallik yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan kasallangan odamlar ichida etakchi olim sabablaridan hisoblanadi. Necha on yilliklar davomida olimlar bu kasallikni organish bilan band. Tadqiqotlarga kora, gipertoniya sayyoramizdagi nogironlikning asosiy sabablaridan biridir. Statistik malumotlarga kora, qon bosimi oshganda birinchi yordam kech korsatilsa, bemorlarning ahvoli juda ogirlashishi, hatto olim kuzatilishi ham mumkin. Qon bosimi oshishi belgilari va alomatlariGipertoniyaning asosiy alomati bu miya tomirlarining spazmi va torayishi tufayli bosh ogrigidir. Shuningdek, kopincha quloqlarda shovqin, korish otkirligining susayishi, holsizlik, uyquning buzilishi, bosh aylanishi, boshda ogirlik hissi, yurak urishining tezlashishi namoyon boladi. Bu alomatlar kasallikning erta bosqichida seziladi. Keyinchalik yurakning uzoq vaqt davomida zoriqib ishlashi tufayli yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Bundan tashqari, koplab bemorlarda quyidagi belgilar uchraydi: Osonlikcha burun qonashi; Qayt qilish; Uyqusizlik; Xotiraning buzilishi; Har qanday jismoniy faollikdan song teri yuzasining qizarishi; Kozdagi kuchli bosim (bemor atrofga qaraganda kozlarda ogriq paydo boladi, shuning uchun ular dam olishni va kozlarini yopiq tutishni afzal korishadi); Yurakning tez urishi; Toqimalarda shishlar paydo bolishi; Charchoq. Gipertoniya kelib chiqishi sabablariKasallikning rivojlanish sababi uzoq vaqt davomida stress va tushkunlik holatida yurish, tez-tez psixologik zoriqshlardir. Kopincha bularni doimiy emotsional taranglikni talab etadigan ish faoliyati keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, miya chayqalishiga uchragan bemorlarda ham kasallik rivojlanishi xavfi yuqori boladi. Irsiy moyillik ham sabablar qatorida: agar kishining avlodida bu kasallik uchragan bolsa, unda ham ushbu kasallik rivojlanishi xavfi bir necha barobarga ortadi. Kasallik rivojlanishiga tasir otkazuvchi omillardan asosiysi bu kamharakat turmush tarzidir. Yosh otib borgani sari insonlarda ateroskleroz rivojlanishi mumkin, bu ozgarish fonida qon bosimining oshishi esa vaziyatni yanada jiddiylashtirib yuboradi. Bu hayot uchun ota xavfli hisoblanadi, chunki toraygan qon tomirlar orqali miya, yurak, buyraklarning bir qismiga qonning bormay qolishi yoki yetarli bormasligi kuzatiladi. Agar qon tomir devorlarida tromb va xolesterin toplanmalari bolsa, ular kuchli bosim vaqtida ajralib, kapillyar qon tomirlarda tiqilib, qon otishiga tosqinlik qilishi mumkin. Bu holda miokard infarkti yoki insult yuzaga keladi. Ayollarda qon bosimi oshishiga sabab menopauza davridagi gormonal ozgarishlar bolishi mumkin. Tuz, yoki aniqrogi, unda mavjud natriy, shuningdek chekish, alkogolli ichimliklarni suistemol qilish, semizlik ham yurak-tomir tizimiga bosim otkazadi. Umumiylashtirib olganda, gipertoniya rivojlanishiga tasir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: Ortiqcha vazn, metabolik kasalliklar, endokrin kasalliklar, kamharakat turmush tarzi; Muntazam emotsional stresslar, ruhiy tushkunlik, fojeali voqealarni boshdan otkazish, yaqin insonlarni yoqotish; Biznesdagi, ishdagi muammolar tufayli kuchli asabiy taranglik; Bosh miya jarohatlari (avtohalokat, yiqilish, gipotermiya); Yurak-tomir tizimiga salbiy tasiri bor surunkali kasalliklari (qandli diabet, podagra, revmatoid artrit); Irsiy moyillik; Virusli va yuqumli kasalliklar (meningit, sinusit, gaymorit); Qon tomirlarida yosh bilan bogliq ozgarishlar; Qonda xolesterin miqdorining yuqori bolishi, natijada qon tomir devorlarida toplanmalar hosil boladi; Menopauza davrida bolgan, 40 yoshdan otgan ayollar (organizmning muhim gormonal ozgarishlari paytida kopincha yashirin kasalliklar rivojlana boshlaydi va ular gipertoniya rivojlanishiga tasir korsatishi mumkin); Zararli odatlar (chekish, alkogolli ichimliklar ichish, meyordan ortiq qahva istemol qilish); Kun davomida kop miqdorda tuz istemol qilish; Qonda adrenalinning oshirish; Kompyuter qarshisida uzoq vaqt otirish; Ochiq havoda kam yurish va hokazo. Gipertonik kriz nima?Gipertonik kriz kasallik choqqisining namoyon bolishidir. Bu holatda qon bosimi tezda kotariladi, yuqorida keltirilgan belgilarning hammasi kuzatiladi, bunga qoshimcha ravishda bemorlarda kongil aynishi, qusish, terlash, kozning qorongulashishi yuzaga keladi. Bunday krizlar bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Yurak urishi sezilarli darajada tezlashadi, bemorda qorquv va hayajon paydo boladi. Bu holatda yonoqlar qizaradi, siydik va najas ajratish nazorati yoqoladi. Gipertonik kriz kopincha kunning ikkinchi yarmida yoki kechqurun yuzaga keladi. Gipertonik krizning yana bir korinishi uzoq vaqt davomida shakllanadi va u bemorga 4-5 soat, hatto bir necha sutka davomida azob berishi mumkin. Bu holat kasallikning oxirgi bosqichlarida namoyon boladi va arterial qon bosiming kotarilishi fonida yuzaga keladi. Bunday vaqtda bemorda miya faoliyatining, xususan nutqning va qol-oyoqlarda sezuvchanlikning pasayishi kuzatiladi. Gipertoniyaga tashxis qoyishBemorga aniq tashxis qoyish uchun shifokor bir nechta laboratoriya tahlillari va apparat tekshiruvlari otkazishi kerak boladi. Tashxisning maqsadi kasallikning bosqichi va gipertoniya darajasini aniqlash hisoblanadi. Ushbu malumotlar bilan shifokor samarali davolash usulini tanlash imkoniyatiga ega boladi. Kasallikning dastlabki bosqichlari yashirin kechganligi bois, kopchilik bemorlar shifokor huzuriga kech tashrif buyurishadi. Kasallikni butunlay davolash juda mushkul hisoblanadi, shuning uchun bemorlar sabr-toqatga ega bolishlari kerak, zero kasallik ularga qolgan butun umrlari davomida hamrohlik qilishi mumkin. Shuning uchun kasallikni oz vaqtida oldini olish, shubhali belgilar paydo bolsa shifokor korigidan otish zarur. Uy sharoitida har bir inson oz qon bosimini muntazam olchab turishi kerak, eng optimal korsatkich 120/80 mm sim.ust (quyida birlik deb keltiriladi) ga teng, yoshi kattalar uchun 130/90. Atrof-muhit tasiri yoki jismoniy faollik natijasida bosim 5-10 birlikka ortishi mumkin. Quyi va yuqori bosim ortasidagi juda katta farq ham havotir uchun belgi boladi odatda bu korsatkich 50 birlikdan oshmasligi kerak. Agar qon bosimining tez-tez ozgarishi kuzatilsa, shifokor bilan uchrashish tavsiya etiladi. Gipertoniya bosqichlari:Zamonaviy tibbiyot arterial gipertoniyaning 3 bosqichini farqlaydi: 1 bosqich Qon bosimi 140-159 / 90-99 mm sim.ust oraligida boladi. Qon bosimi vaqti-vaqti bilan meyorga kelishi va yana kotarilishi mumkin; 2-bosqich Qon bosimi 160-179 / 100-109 mm sim.ust oraligida. Arterial qon bosimi tez-tez kotarilib turadi va kam hollarda meyorga tushadi. 3 bosqich bosim 180/110 mm sim.ust. dan yuqori kotariladi. Bosim doimiy ravishda yuqori boladi va uning pasayishi yurak kasalliklari tufayli yuzaga keladi. Qon bosimi kotarilishini davolashKasallikni davolashda malakali shifokor har bir bemor uchun alohida-alohida dorilar bilan davolash kursini tanlaydi. Kop hollarda quyidagi dorilar buyuriladi: Tiazid diuretiklar bu dorilar organizmda suyuqlik darajasini kamaytiradi va natijada qon bosimi pasayadi; Sartanlar (angiotenzin II retseptorlari blokatori) 1990-yillardan buyon ishlatiladi. Zamonaviy dorilar qatoriga kiradi, bir martalik qabuldan keyin 24 soat davoimda qon bosimini meyorda ushlaydi; Kalsiy antagonistlari yurak anomaliyalari, aritmiyalar, stenokardiya va miya aterosklerozi kuzatilganda tayinlanadi; Beta-adrenoblokatorlar yurak ritmini normallashtiradi; Alfa-adrenoretseptor blokatorlari qon tomirlarni juda ehtiyotkorlik bilan kengaytiradi. Davolash paytida bemorlar har qanday stress yoki hissiy zoriqishdan yiroq bolganlari maqul. Bemorlar ochiq havoda: hovuz atrofida, bogda, ormonda sayr qilishlari tavsiya etiadi. Togri ovqatlanish gipertoniyani muvaffaqiyatli davolashda muhim hisoblanadi. Ovqatlanish tartibiAvvalo, kundalik ratsiondan «yomon» xolesterin va kop miqdorda tuz saqlagan mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Ularga: Yogli gosht; Charvi; Qovurilgan ovqatlar; Dudlangan mahsulotlar; Tuzlamalar kiradi. Tandirdan uzilgan yangi non orniga bir-ikki kun turgan nonni istemol qilish foydalidir. Kundalik ratsionga servitamin, minerallarga boy bolgan va kasallikka qarshi kurashishga yordam beruvchi mahsulotlardan koproq kiritish kerak. Ularga: Sabzavotlar; Mevalar; Rezavorlar; Kokatlar; Sut mahsulotlari; Parhezbop gosht; Loviya; Guruch, grechka kabilar. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling