Nomsiz barmoqdan qon olish jarayoni
Bu vaqt mobaynida eritrotsitlar membranalari xlorid kislota ta’sirida emiriladi gemoglobin molekulalari yuzaga chiqadi. Belgilangan vaqt o’tgandan keyin ko„z pipetkasi yordamida distillangan suvdan oz-ozdan qo’shilib shisha tayoqcha yordamida aralashtirib boriladi shu bilan birga Sali gemometri ikki yon tomonidagi standart eritmalarga solishtirilib boriladi. Agar o’rtadagi probirka rangi to’q bo’lsa yana oz-ozdan har uchala probirkalar rangi bir xil bo’lguniga qadar distillangan suv qo’shiladi. Ranglar bir xil bo’lganda o’rtadagi probirkadagi shkalalarga e’tibor beriladi. Eritma hajmi qaysi raqamni ko’rsatsa shu raqam gemoglobin miqdorini gr/% da ekanligini bildiradi.
Sali gemometri. A- umumiy ko`rinishi, B,C- qon olish uchun mo`ljallangan pipetka, D- aralashtirish uchun shisha tayoqcha.
Olingan natijani g/l ga aylantirishda 10ga ko’paytiriladi, chunki miqdor ko’rsatgich g%-g/l ga o’tkazishda o`n birlik siljitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |