II.TAJRIBAVIY QISIM
II.1. Gemoglobinni Sali usulida aniqlash.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Sali gemometri, Jenner perosi, paxta, qaychi, qon olish uchun pipetka, spirt, yod eritmasi, 0,1N HCl, distillangan suv va shisha tayoqcha. Normal gemoglobinni aniqlash.
Ishning bajarilishi. Oldin Sali gemometrini shkalali probirkasini pastki aylana chizig’iga qadar 0,1 N HCl kislota solib tayyorlab quyiladi . Chap qo’lning nomsiz barmog’ini uchki yumshoq qismi 70%li spirt Bilan namlangan paxta bilan tozalanadi. Tozalangan joy Jenner perosi yordamida 2-3mm chuqurlikda jarohatlanadi. Jarohatdan chiqqan birinchi tomchi qon quruq toza paxta ishtirokida artib tashlanadi. Keyingi chiqqan qon gumbaz hosil qilgandan so’ng pipetka yordamida uning belgisigacha (0,02ml) so’rib olinadi. Olingan qon Sali gemometrni shkalali probirkasiga solingan 0,1N HCl kislota eritmasi ustiga quyiladi probirkadagi aralashma shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi va 2-3 daqiqa tindiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |