I.5. Qon tizimining markaziy asab tizimi tomonidan boshqarilishi.
Qon tizimining boshqarilishi qon yaratilish va qon yemirilish jarayonlarini muvozanatlashtirib, qonning miqdoriy va sifat doimiyligini ta’minlashdan iborat. Qon yaratilishi asosan gumoral omillar yordamida boshqariladi. Qon shaklli elementlarining hammasi bir komponent – o’zak hujayradan kelib chiqsada, ularning rivojlanishi uchun turli gumoral omillar zarur. Eritropoetinsiz eritrotsitlar rivojlanishi yuzaga chiqmaydi. Eritropoetin – peptid gormon bo’lib, molekulyar massasi 41000-46600, u sial kislota bilan bog’langan. U asosan buyrakda sintezlanadi va bu jarayonni gipoksiya tezlashtiradi. Eritripoetin uchun nishon hujayra sifatida eritrotsitning yaxshi aniqlanmagan o’tmishdoshi xizmat qiladi. Gormonning yetishmasligi kamqonlikka olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |