Mavzu: Qo’qon xonligida madaniy hayot
Download 2.34 Mb.
|
Bobur 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoqon xonligi
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805-yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810-yil Qoʻqonda "Olimxon Toshkentda oʻldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qoʻqonga yoʻl oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib oʻldirilgan.
Qo'qon xonligi - o'zbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qo'qon. O'zbeklarning minglar urug'idan bo'lgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan. Bu xonlik tarkibiga dastlab Qo'qon, Namangan, Marg'ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib, Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida (1746-yil) qalmoqlar Farg'ona vodiysiga hujum qilib, O'sh, Andijon, Marg'ilon shaharlarini egallab, Qo'qonni qamal qilgan. Qo'qonliklarga yordamga kelgan O'rtepa hokimi Fozilbiy qo'shinlari bilan birgalikda ularni Farg'ona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo'tabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun ko'targan g'alayonlari bostirilgan. Mamlakatda sug'orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xo'jaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo'ladi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling