Mavzu: Qora metallurgiya sanoati. Cho‘yan ishlab chiqarish


Download 35.41 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi35.41 Kb.
#1587997
1   2   3   4
Bog'liq
6. Cho‘yan ishlab chiqarish

Flyus nemischa so‘z bo‘lib “suyuq” degan ma’noni anglatadi. Flyus domna jarayonida qiyin suyuqlanuvchi oksidlarni oson suyuqlanuvchi cho‘yan bilan aralashmaydigan shlakka aylantiradi, ruda tarkibidagi bekorchi jinslarni, cho‘yan va po‘latni sifatini pasaytiruvchi elementlarni, qo‘mirning kulini (koks kulini) biriktirib oladi. Flyus sifatida asosan ohaktosh (CaCO3)va dolomit (CaCO3·MgCO3) ishlatiladi. Flyusning ahamiyati juda katta. Olinadigan cho‘yanning sifatini yaxshilash va uni boshqarish imkonini beradi. 1 t cho‘yan olish uchun 0,4-0,8 t. gacha flyus qo‘shiladi.
Yoqilg‘i sifatida koks (tarkibi 80-86% C, 27% H2O, 1,2-1,7% S va 15% gacha kuldan iborat) va tabiiy gaz ishlatiladi. Koks va uning oksidlanishidan hosil bo‘lgan CO ruda tarkibida temir oksidlaridan qaytarish uchun xizmat qiladi. Hamda koks temirda qisman erib uni nisbatan pastroq haroratda suyuqlanadigan qiladi. Keyingi yillarda cho‘yan ishlab chiqarishda koksning miqdori kamaytirilib, uning o‘rniga tabiiy gaz ko‘p ishlatilmoqda, natijada qimmatbaho koksni tejashga va cho‘yanning tannarxini arzonlashtirishga erishildi. Hatto kokssiz ishlaydigan metallurgiya ham paydo bo‘ldi. AQShning Middend Ross firmasi tomonidan ishlab chiqilgan cho‘yan olish usulda koks o‘rnida konvertor gazidan foydalaniladi.
Domna pechidagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan sharoitlar. Domna pechinning mahsuldorligi faqat uning hajmiga (katta-kichikligiga) bog‘liq bo‘lib qolmay, balki unda boradigan kimyoviy jarayonlarning borish tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi omillar sifatida harorat va reaksiyaga kirishuvchi moddalarning to‘qnashuv sirtini oshiraladi.
Kimyoviy reaksiya tezligini oshirish uchun reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentrasiyasi oshiriladi. Buning uchun:
1) temir rudasi boyitiladi;
2) domnaga kiritiladigan havoga toza kislorod qo‘shiladi;
3) tabiiy gaz metan ham kiritiladi.
Metan ham yoqilg‘i ham qaytaruvchidir, chunki u yonganda hosil bo‘lgan suv cho‘g‘ holdagi koks bilan birikib vodorod gazini hosil qiladi. Vodorod esa kuchli qaytaruvchidir.
Reaksiya tezligi haroratga ham bog‘liq bo‘ladi. Domnada haroratni oshirish uchun unga puflanadigan havo kauperlarda avval qizdiriladi. Bunda ko‘pincha reaksiya issiqligidan foydalaniladi.
Kimyoviy reaksiya tezligini oshiradigan omillardan yana biri yuza ta’sirini oshirish uchun domnaga tushiriladigan ruda, koks va flyus ma’lum qulay o‘lchamga ega bo‘lishi lozim.
Domna pechinning mahsuldorligini oshirishda, yoqilg‘ini tejashda shixtani tayyorlash muhim rol o‘ynaydi. Shixta tarkibiga kiruvchi tarkibiy qismlar kattaligi muhim ko‘rsatgichlardan biri bo‘lib, rudaning kattaligi 40-100 mm, koksniki 40-80 mm va ohaktoshniki 30-80 mm bo‘lishi kerak. Buning uchun ruda maydalanadi, g‘alvirdan o‘tqaziladi, bo‘laklarining kattaligi bir xillik darajasi oshiriladi va nihoyat boyitiladi. Maydalari aglomerasiyalanadi (changsimon mayda zarrachalari koks va flyus bilan aralashtirilib chala suyuqlantiriladi, natijada zarralar bir-biriga yopishib yiriklashadi, so‘ngra u sovutilib qotirilgach, kerakli kattalikda maydalab olinadi). Shixta bo‘laklari tarkibida 10% 5 mm dan kichiklari bo‘lsa pachning mahsuldorligini 3% gacha kamaytiradi va yoqilg‘i sarfini oshiradi.
Temir rudasiga boy mamlakat Rossiya Federasiyasidir (Ural, Kurskiy magnit anomaliyasi, Kerch, Krivoy Rog, SHarqiy Sibir, Uzoq SHarq, Qola Yarim oroli va boshqalar) unda dunyo temir rudasining 50% ga yaqini joylashgan. O‘zbekistonda ham temirning 60 ga yaqin konlari bo‘lib, ulardan yiriklari Sulton Uvays tog‘lari, Amudaryo etagidagi Tabinbuloq (rudasi tarkibida 15-16% temiri bor), Markaziy Qizilqumdagi Kenes va Jadir (miqdori 300 mln. t.dan ortiq) konlaridir. O‘zbekiston temirining asosiy miqdorlari Sulton Uvays tog‘lari (68%), Qizilqumda (14%), qolgan qismi Toshkent va Surxandaryo viloyatlarida. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, Respublikamizda har yili taxminan 2 mln. t. temir-tersaqlar yig‘iladiki, uni hammasi cho‘yan va po‘latga aylantirilsa mamlakatimizning unga bo‘lgan ehtiyojini 50-60% ini qondirgan bo‘lar edi, ammo hozirgi ko’nda to‘planayotgan temir tersaqlarning atigi 27% qayta ishlanayotir.

Download 35.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling