Mavzu. Qoraqalpog’iston Respublikasi reja
Yoshlar- kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi
Download 54.1 Kb.
|
Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi reja
Yoshlar- kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi.
Mamlakatimizda sohada amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida so‘nggi ikki yarim yil ichida bu boradagi muhim islohotlar quyidagilarda o‘z aksini topdi: Boshlang‘ich va yuqori sinf o‘qituvchilarining maoshlari tenglashtirildi. Shu ma’noda, bugun o‘qituvchilar uchun barcha qulayliklar yaratish, o‘qituvchini uyjoy bilan ta’minlash, ularga avtokreditlar ajratilishi juda katta e’tibor mahsuli bo‘ldi. Qarorga binoan, har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimida mehnat qilayotgan pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida dastlabki baholash darajasi 10 foiz bo‘lgan ipoteka krediti sifatida berilishi alohida g‘amxo‘rlikdir. 2018-yil 1-sentyabrdan boshlab maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O‘qituvchilarni turli boshqa xo‘jalik va 136 majburiy ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi. So‘ngi 2 yil ichida qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar maktablarga qaytdi, ishlab turgan pensioner o‘qituvchilarga pensiyalarni to‘liq miqdorda to‘lash yo‘lga qo‘yildi. 2020-yil 24-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida qayd qilinganidek, oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan 2019-yilda 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiallari ochildi. Etakchi xorijiy unversitetlar bilan hamkorlikda 141 qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016- yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi. Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan tub islohotlar to‘g‘risida to‘xtalib Prezident Shavkat Mirziyoev shunday degan edilar: «Keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum. Mana, yaqinda tasdiqlangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi»4. Ta’lim to‘grisidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi (23.09.2020 yildagi O’RQ-637-son). Yangi qonunning oldingi qabul qilingan qonundan asosiy farqlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak: birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi: • ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy); • nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim; • oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; • katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; • jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta’lim; • eksternat tartibidagi ta’lim-o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tish; • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi. Uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko‘proq etibor qaratilgan: • ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar; • pedagogik xodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo‘yicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan. to‘rtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan. O‘qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan; beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan: a) birinchilarga quyidagilar kiradi: • nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi; • ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan tashkilotlar maxsus reestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi; • xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish. Tan olish va apostil qo‘yish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi; b) Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli: • nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda; • ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan 138 taqdirda - ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini bekor qilish5. • Yuqoridagi o’zgarishlardan talim to’grisidagi qonunning mohiyatini anglab olish mumkin. Qonunga muvofiq, taʼlim turlari quyidagilardan iborat: Umumiy oʼrta taʼlim I–XI sinflarni oʼz ichiga oladi. O‘rta maxsus taʼlim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta taʼlim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. Professional taʼlim boshlangʼich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim darajalariga ajratiladi. Boshlang‘ich professional taʼlim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi taʼlim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi. O‘rta professional taʼlim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lovshartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya silish matssadida mutaxassislikni chuqur oʼrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil maktabgacha taʼlim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim; professional taʼlim; oliy taʼlim; oliy taʼlimdan keyingi taʼlim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari taʼlim. Qonunga ko‘ra, davlat oliy taʼlim, o‘rta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladi. Taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun taʼlim olishga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanishi printsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofits imtiyozlar berilishi mumkin. Taʼlim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi hamda taʼlim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, taʼlim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); dual taʼlim; oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish; katta yoshdagilarni oʼqitish va ularga taʼlim berish; inklyuziv taʼlim; eksternat tartibidagi taʼlim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. 140 yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Аyrim taʼlim tashkilotlariga (oliy taʼlim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Davlat oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish davlat granti va (yoki) tulov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Chet ellik fuqarolarni O‘zbekistonning davlat taʼlim muassasalariga qabul qilish to‘lovshartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan dollar mustasno) amalga oshiriladi. Davlat taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu taʼlim tashkilotlari tomonidan belgilanadi. Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari Prezident tomonidan belgilanadi. Oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish imtiyozli kontingent uchun qo‘shimcha qabul parametrlari belgilandi. Shuningdek, mazkur Qonun bilan 1997-yil 29-avgustdagi «Taʼlim to‘g‘risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi6. 2016-2020-yillarda ilm-fan va innovatsion ishlanmalarni takomillashtirish sohasidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 29- noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi7. 2017-2019- yillar davomida innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan hozirgi kunga qadar 21 nafar yosh olimlarning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSh dollari hamda 70 mln. so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi. Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga 117 turdagi jami 158,1 mln. so‘mlik (20,1 ming AQSH dollari) noyob qo‘lyozma va tarixiy manbalar mazkur qo‘lyozma egalari – jismoniy shaxslardan xarid qilindi. 2018- yil 20-avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov e’lon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan muvafaqqiyatli o‘tdi. Download 54.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling