Mavzu. Qoraqalpog’iston Respublikasi reja
Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot
Download 54.1 Kb.
|
Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
Reja: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyat va an’analarning tiklanishi. O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan izchil islohotlar. Yoshlar- kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi. 1. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri «Navro‘z» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. 1992-yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 2018- yildan boshlab, bu bayramlar kunlari uch kun nishonlash imkoniyati yaratildi. «Movarounnahr» diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000 ga hozir esa 5000 dan ortdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda. 1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston evangel-lyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Bir osmon ostida» shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida» mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam 120 tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli isloxotlar negizida xavfsizlik millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik davlatimiz siyosatining ustivor yunalishi xisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 138 ta milliy madaniy markazlarga birlashib O‘zbekiston umumiy uyimiz shiori ostida katta bir oilaning farzandlaridek yashamoqdalar. 2017-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi tashkil etildi. Bu esa jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va bagrikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda yana bir qadam bo’ldi. Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillariga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda. Oxirgi yillarda madaniyat va san’at soxasida muayan ishlar amalga oshirildi. Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning sa’y-harakati va rolini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Fikrimizning dalili sifatida Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili, islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob muallifi Abu Muin Nasafiy, Sherobod tumanida buyuk hadisshunos alloma Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband hazratlari, Toshkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbaralari kabi ko‘plab ziyoratgohlarni obod qilish borasidagi ezgu ishlarni qayd etish mumkin1. Shuningdek, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga g‘amxo‘rligining yaqqol namunasi sifatida 2017- yil 15- fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4956-sonli farmoni, 2017- yil 24- maydagi «Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2995- sonli qarori, 2017- yil 20- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3074-sonli qarori, 2017-yil 30-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi PQ-3105-sonli qarorlari xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, chet ellarda2 saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga olib kelish kabi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va topshirig‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Ishoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida»gi, 2017- yil 14 -apreldagi ―Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 211-sonli, 2017 yil 15 iyundagi «Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 376-sonli qarorlari madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylash, saqlash hamda kelajak avlodga bus-butunligicha etkazish davlatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi3. O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’rifiy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2018- yil 6-aprelda «Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yil 6–10 sentyabr kunlari Shahrisabzda 73 davlat vakillari ishtirokida birinchi Maqom san’ati xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarning fikriga ko‘ra, ushbu anjuman jahon madaniyatining mulkiga aylangan noyob o‘zbek milliy maqomini saqlash va rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. 2018-yil 24- iyulda O‘zbekiston Prezidentining «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori mamlakatimizda kino san’atini yanada rivojlantirish, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tadbirlarga asos bo‘lmoqda. Download 54.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling