Mavzu: Qoraxoniylar davlati


Download 24.36 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi24.36 Kb.
#1446743
  1   2   3
Bog'liq
Abdullayeva M. mustaqil ish O\'zb tarix


TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
O’zbekiston tarixi fanidan
MUSTAQIL ISH


Mavzu: Qoraxoniylar davlati


Bajardi: 102guruh talabasi
Abdullayeva Muslima
Tekshirdi: Ismatullayev F.


Toshkent 2022
Reja:

  • Qoraxoniylar davlati tarixining o’rganilishi.

  • Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.

  • Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.


Qoraxoniylar davlati tarixining o’rganilishi. Tarixchilarning ta’kidlashicha Qoraxoniylar davlati tarixi hali to’liq o’rganilmagan. Ammo bir qancha olimlarning izlanishlari natijasida bu davlat tarixi haqida ma’lumitlar ko’paygan. XI asrdan eski turkiy adabiy til davri boshlanadi. Bu bosqich XIV yuzyillikning boshlariga qadar davom etgan. Muhimi shundaki, bu davrning ilk bosqichlarida, xususan, qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili “qadimgi turkiy til” davrida yaratilgan bitiglar tiliga juda yaqin, ularda qadimgi yozma til an’analari davom etgan. Birgina misol: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan turkiy og‘zaki ijod namunalari ham til, ham 7 badiiy jihatdan ancha burungi davrlarga ildiz otgan. Yoki mashhur “Qutadg‘u bilig” dostonining tili, lug‘at qatlamidagi sanoqli arabcha, forscha so‘zlarni demaganda, ko‘k turk bitiglarining tili bilan aytarli birday.1
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Mahmud O’shiyning «Fatovoi qozixon», Abu Said Gardiziyning «Zayn ul-axbor», Ibn al-Asirning «Al-komil fit-tarix» asarlarida qoraxoniylar tarixi xususida tegishli ma’lumotlar mavjud. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asari turkiy qavmlar tarixi xususida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Qoraxoniylar tarixini o‘rganishda XVII asr muallifi, Usmoniylar saroyi bosh munajjimi Ahmad Afandining (Munajjimboshi) arab tilidagi solnomasi ham katta ahamiyat kasb etadi. XX asr tarixshunosligida O.Pritsak, V.Kochnev, Е.A. Davidovich numizmatik materiallar asosida mazkur davr tarixiga oid tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Qirg‘iz olimi O.Karayev ilk bora Qoraxoniylar davri tarixiga bag‘ishlangan monografiyani yozgan. O‘zbek tarixshunosligida A.Ziyo, A. Xodjayev tadqiqot ishlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, B. Mahmudovning nomzodlik dissertatsiyasida esa Qoraxoniylar davlat boshqaruvi tahlil etilgan.
Yana bir muhim manba qirg'izistonlik tadqiqotchi Mexmet Kbildbiroglug tegishli bo'lib, “Etnopoliticheskie svyazi kirgizov i kipchakov vo vtoroy polovine IX-XVI veki” deb nomlangan. Tadqiqot asosan qirg'iz-qipchoq etnonimi va etnik tarixi masalalariga bag'ishlangan bo'lib, ayrim hollarda Qoraxoniylar davlatiga oid ma’lumotlar ham keltirib o‘tiladi.
XIX asrning o‘rtalarida sharqshunos olim V.V. Grigoryev «Movarounnahrda Qoraxoniylar» nomli monografiyasida dastlab «Qoraxoniylar» so‘zini ishlatgan. Islom dinini qabul qilgan hukmdorlar «Qoraxon» deb atalgani uchun sulolaga shunday nom bergan.

Download 24.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling