Mavzu; qorin tifi paratif qo’ZG’atuvchilari


Download 161.07 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi161.07 Kb.
#1405115
Bog'liq
HABILLO 2


Andijon davlat Tibbiyot INSTITUTI DAVOLASH fakulteti 228-GURUH TALABASI MUHAMMADJONOv HABIBULLONING anatomiya FANIDAN TAYYORLAGAn TAQDIMOTI ANDIJON-2023
MAVZU;
QORIN TIFI PARATIF QO’ZG’ATUVCHILARI
Qorin tifi (ich terlama) - og'ir kasallik antropoonoz kasallik. Tif va paratiflar guruhiga mansub qilish qadimdan ma'lum. Gippokrat (miloddan oldingi 460-377-yillar) qorin tifini oʻz asarlarida bayon etadi.
Tif so'zi lotincha «typhos» sozidan olingan boʻlib, «tutun», «tuman», «alahlash» degan maʼnolarni bildiradi. Salmonella urug'i 65 ta guruh va 2000 dan ortiq serologik variantlardan iborat. Salmonellalar uy va yovvoyi hayvonlar, qush, baliq, reptiliyalar organizmida parazitlik qiladi, ulardan ayrimlari odamlarga nisbatan ham pato gen.
Qorin tifi va paratif bakteriyalari morfologiyasi, kattaligi, xivchinlari, bo'yalishiga ko'ra bir-biridan farq qilmaydi. Ular mayda (0,5-1,5 mkm) tayoqchasimon, uchlari birmuncha to'mtok, harakatchan, spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari peretrix joyla shgan grammanfiy bakteriyalar. Xivchinlar 8 dan 20 tagacha bo'lishi mum kin. Nukleoid DNK sida G+S 50-53% ni tashkil qiladi.
MORFOLOGIYASI
O’SISHI
Tif va paratif bakteriyalari fakultativ anaeroblar, pH 6,8-7,2 bo'lgan oddiy oziq muhitlarda ko'payadi. Tarkibida safro (o't) boʻlgan muhit ular uchun optimal boʻladi. 37 Cularning o'sishi uchun qulay, biroq 15-41Cda hamo'sishi mumkin. Ploskirev, Endo va GPA muhitlarida oʻrtacha kattalikdagi rangsiz, yaltiroq, chetlari tekis, tiniq S-shakldagi kolon iyalar hosil qiladi, vismut-sulfit agarda esa qora rangli, yaltiroq, chetlari tekis koloniyalar hosil boʻladi. Qiyalatilgan agarli probirkalarda 18-20 soatdan so'ng nam, yaltirog'. rangsiz parda, go 'sht-peptonli bulonda esa bir xil quyqa hosil qilib o'sadi.
FE RMENTATIV XUSUSIYATI
Qorin tifi bakteriyalari glyukoza, mannit, maltozalarni faqat kislota hosil qilib parchalaydi. Ammo saxaroza, laktoza va mochevinalarni parchalamaydi. Indol, vodorod sulfid hosil qilmaydi.
Paratit bakteriyalari esa biokimyoviy xususiyatlariga koʻra faolroq, shuning uchun barcha uglevodlarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. Dissotsiatsiya jarayonida qorin tifi salmonellalari S shakldan R shaklga aylanishi mumkin. Natijada ularning muhim somatik O-antigeni va asosiy biologik xususiyatlari yo 'qoladi. Tabiiy sharoitda qorin tifi salmonellalari ikki xil biokimyoviy variantda, ya'ni ksiloza musbat va ksilo za manfiy boʻlishi mumkin.
TOKSIN HOSIL QILISHI
Qorin tifi va paratif salmonellalari asosan cndotoksin hosil qiladi. Bu toksin haroratga chidamli, 120C da 30 daqiqa qaynatilganda ham oʻz xususiyatlarini o'zgartirmaydi.
ANTIGEN TUZILISHI
Tif va paratif salmoncllalarida uch xil a ntigen bor.
Bulardan birinchisi somatik O-antigen boʻlib, haroratga chidamli, glyusido-lipido-protein kompleksidan iborat, ikkinchisi H-antigen (yoki xivchin antigeni) - oqsildan tashkil topgan, haroratga chidamsiz, uchinchisi Vi-antigen boʻlib, bakteriyaning yuza qismida joy lashgan, u faqat virulent mikroblarda bo'lganligi uchun virulentlik antige ni deb ham ataladi. Bu antigenni Feliks va Pittlar 1934-yili virulentli qorin tifi salmonellalaridan topishgan. Seroguruh ichidagi salmonellalarni differensiatsiya qilishda N-antigenlarning maxsusligidan foydalaniladi. Vi va O antigenlar bakteriya hujayrasining ustida joylashgan. Vi- antī gen O-antigenning ustida joylashganligi uchun O-zardob bilan bo'Iadigan agglutinatsiya reaksiyasiga to'sqinlik qiladi.
CHIDAMLILIGI
Qorin tifi, paratif salmonellalari fizik-kimyoviy omillar ta'siriga birm uncha chidamli, shuning uchun ular tashqi muhitda uzog vaqt saqlanib qolaci. Masalan, ular muzda bir necha oy, bemor yoki mikrob tashib yuruvchi kishi Jar peshobi va najasi bilan ifloslangan tuproq. yog", pishlog, go'sht, nonda 3 oygacha; suv, hoʻl meva va sabzavotlarda 6-10 kungacha saqlanadi. Oziq-
Ovqat mahsulodari (sut, qaymoq, tvorog) ular uchun judaqulay muhit hisoblanadi. shu bois u uzoq vaqt saqlanibgina qolmay, balki ularda koʻpayadi ham. Qorin tifi, paratif salmonellalari yuqori harorat ta'siriga chidamsiz.
Shuning uchun 60C da 30 daqiqa qizdirilganda, qaynatilgancda esa bir necha soniyada o 'ladi. Dezinfeksiya vositalari 5% li fenol, 3% li lizol va xloramin, xlorli ohak eritmalari ta'sirida 2-3 daqiqada nobud bo'ladi.
B akteriya tashuvchilik bemorlar sog'aygandan soʻng qoladigan immunitetning kuchsizligi. oʻtpufagi vajigarda yalig'lanish jarayoni paydo bo'lishi natijasida ro'y beradi.
Qorin tifi har xil: juda yengil yoki og'ir-o'lim bilan tugaydigan shaklda kechishi mumkin. Shuning uchun ayrim hollarda klinik jihatdan qorin tifini paratif va boshqa kasalliklardan ajratib olişh qiyin. Bunda laboratoriya tekshi ruvi o'tkazish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda qorin tifi va paratiflar sporadik holda uchraydi, yengil kechadi, asoratlar va letallik kam.
DAVOSI VA PROFILAKTIKASI
Qorin tifi va paratiflarni davolash uchun antibiotiklar: levomitsetin, ampitsillin, tetratsiklin, nitrofurn prepuratlari bcriladi.
Buizr kasalıkning kechishini yengillashtiradi vauuz0q davom etmaydi.
Qorin tifi va paratiflarga qarshi umumiy profilaktik choralar: bemorni tezda aniqlab kasalxonaga yotqizish, kasallik o'choqlarini dezi nfeksiyalash, bakteriya tashuvchilarni topish va ularni davolash. lchak kasa liklarida, ayniqsa, qorin tifi va paratiflarning tarqalishida suvning ahamiyati katta, shuning uchun suvni zararsizlantirish, suv manbalarining iflos lanishiga yo'l qo'ymaslik, hovli va uning atroflarini toza saqlash, pash sha (chivin)larga qarshi kurashish, ovqat mahsulotlarini, hoʻl mevalarni pashshalardan ehtiyot qilish, oziq-ovqat muassasalari va oshxona xodimlarini doimiy ravishda bakteriologik tekshiruvdanoʻtkazib turisa va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, aholining sanitariya mada niyatini oshirish va hokazolar.
Download 161.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling