Xvi bob. 0 ‘smirlik davri reja


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana08.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1756518
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi. 7-ma\'ruza



XVI BOB. 0 ‘SMIRLIK DAVRI
Reja:
1. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.
2. 0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat.
3. 0 ‘sm ir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlari.
4. K attalar bilan m uloqotning xususiyatlari.
5. 0 ‘sm irlik davrida psixologik yangilik.
6 .Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Tarbiyaviy:
0 ‘smirlik davrida o‘z-o ‘ziga baho berish tizim i- 
ning rivojlanish xususiyatlari, ularning ong va dunyoqarashining 
shakllanishini tushuntirish orqali talabalarni o‘z-o ‘zini anglash- 
ga, tahlil qilishga, tarbiyalashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarning o ‘smirlik yoshdagi bolalarning 
yosh va psixologik xususiyatlari ni inobatga olgan holda ular bi­
lan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko‘nikm a-m alakala- 
rini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
o‘smir, yetakchi faoliyat, muloqot, psi­
xologik yangilik, o‘z-o ‘ziga baho berish, jinsiy yetilish jarayoni, 
o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.
16.1. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari
0 ‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bo‘lgan 
davrni tashkil etadi. Hozirgi o ‘sm irlar o‘tmishdoshlariga nis­
batan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birm uncha ustunlikka 
ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish 
oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda 
0
‘sm ir­
lik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘sm ir 
bola emas, biroq katta ham emas» ayni shu ta ’rif o‘smirlik davri­
ning m uhim xarakterini bildiradi. 0 ‘smirlik — bolalikdan katta- 
likka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o ‘ziga 
xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning 
jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli nar-
322


salarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllana­
di, m a’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. 0 ‘smirlik ba- 
log‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga 
taalluqli chigal m asalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarak- 
terlanadi. Bu yoshda o‘sm ir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera 
boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik ham da psixologik o‘zgarish- 
lardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o‘ssa- 
lar, o‘g‘il bolalar 5—10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon 
ilk suyaklarning uzunlashishi va um urtqa qism ining kattalashishi 
hisobiga ro‘y beradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush 
tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan 
ko‘proq darajada sodir bo‘ladi. 0 ‘g‘il bolalarning tovushi vaz- 
m inroq bo‘lib qoladi, do‘rillaydi.
G archi bu davrda m ushaklar tez sur’at bilan o‘ssa ham , 
m ustahkam lashsa ham , lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining 
o‘sish su r’ati orqada qoladi. 0 ‘smirlarda bu xususiyat ularning 
beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo‘pollikka, 
katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi.
Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan 
bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning m ukam m al rivoj- 
lanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilm alarining qaytadan 
shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zga- 
rishlar bevosita o‘sm ir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan 
bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezi- 
ning funksiyasi faollashadi. U ning faoliyati organizm to ‘qim alari- 
ning o‘sishi va m uhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon 
bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. 
Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy or- 
ganlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘li- 
shi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga 
nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘sm irlarning 
yelkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislo- 
rod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetish-
323


masligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak 
kengayishi bilan qon tom irlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish 
sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqa- 
rorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosim ining 
ortishi ro‘y beradi.
Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. 0 ‘smirda 
ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik 
dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. 0 ‘smirlik yoshida 
ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy 
yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish 
o‘sm ir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta ’sir ko‘rsatib, 
bu ta ’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.
0 ‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular 
o‘zlarining layoqat, qobiliyat va im koniyatlarini m a’lum darajada 
o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni 
oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish m um kin. 0 ‘smir- 
lik davri «o‘tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nom- 
larni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, 
bu yoshdagi o‘sm irlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sha- 
roitlarda o‘z o‘rnini topa olm aganligidan psixik portlash hollari 
ham kuzatiladi. 0 ‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni «psi­
xik rivojlanishdagi inqiroz» deb nomlagan. Kichik maktab davri- 
dan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o ‘ziga m uno- 
sabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan 
kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga — ki­
chik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to ‘g‘ri keladi. 
Birinchi bosqichda o‘sm ir o ‘zini «bola»lardan ajratib, endi o‘zini 
kattalar olamiga mansubligini ta ’kidlamoqchidek bo‘ladi. K atta­
lar hayotiga kirishga qiziqish o‘sm irlarning asosiy xarakteristika- 
lari hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish 
va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho b e­
ra olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin b o lish i, yordam 
berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq
324


bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bos- 
qichda o‘sm ir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmay- 
di va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o ‘z shaxsini uluglab, o‘ziga 
xos harakatlar qila boshlaydi. 0 ‘sm irlarni o‘z shaxslari haqidagi 
fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivoj- 
lantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.
0 ‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini 
anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat 
o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlam ing yuzaga kelishi- 
da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya si- 
fatida o‘sm irning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shax- 
si rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib 
uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdosh- 
lariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. 0 ‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to ‘g‘risida- 
gi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni maj- 
bur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va 
o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga 
kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z 
xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning ele- 
mentlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smir- 
lar hayotiga xos xususiyatlardir. 0 ‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga 
kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kam chiliklarini tan olmaslik, 
urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. 0 ‘smirlar hayotda, 
ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, 
ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahra- 
m onliklarini, atrofdagilar orasidagi o broiarini ko‘radilar hamda 
havas qiladilar. 0 ‘smirda katta yoshli odam bo‘lishga yoki hech 
bo‘lmaganda katta yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish 
paydo bo lad i va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib 
ko‘rinadi. 0 ‘sm irlarning ehtiyojlari va im koniyatlarining o‘zaro 
mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va bosh- 
qa murabbiylari o ‘rtasida qaram a-qarshilikni keltirib chiqaradi.
0 ‘sm ir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini am al­
ga oshirishga intiladi: katta yoshli odam lar ega b o ig an ham -
325


ma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lish- 
ga intiladi. Tevarak-atrofdagi odam larga o‘zining aham iyatga ega 
ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bo‘lishga 
intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday 
boMishlarini istaydilar, am m o ular ana shu fazilatlarning faqat 
«kerakligi» uchun shunday b o iish in i istaydilar. Ana shunday 
«xohlayman» va «кегак» o ‘rtasidagi qaram a-qarshiliklar ba’zan 
oilada, m aktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltira- 
di. Tarbiyalangan odam da «xohlayman» faqat «kerak»ni baja­
rish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o ‘sm ir bola tushunishga 
o‘rgatilmagan bo‘lsa va «кегак» bo‘lgan narsani bajarishga odat- 
lanm agan bo‘lsa, u o ‘zboshim chaligini namoyon qilish orqa­
li tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi ham da o‘zining 
shaxsiy asoslanilm agan xohishlari asosida ish tutadi. 0 ‘sm irning 
yangi huquqlarga d a’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro m uno- 
sabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. 0 ‘sm ir avval bajonidil 
bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning 
m ustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirish- 
ganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, ja- 
zolashganda, uning qiziqishlari, m unosabatlari va fikrlari bilan 
hisoblashishm aganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. 
0 ‘sm irda o ‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o ‘zini kam - 
sitish, mustaqillik huquqidan m ahrum qilish m um kin bo‘lmagan 
inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat 
haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o ‘z kattaligi darajasi haqidagi 
tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini chek- 
laydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. K attalarning o‘z shaxsi va in- 
soniylik qadrini hurm at qilishlarini xohlaydi, ishonch va m usta­
qillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan m a’lum 
teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga eri- 
shishga harakat qiladi.
0 ‘smirlik davriga kim ningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish 
xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning 
xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.
326


O fcsm irlar bu davrda chekish ham da spirtli ichimliklarga qiziqib 
qolishlari ham m um kin. 0 ‘sm ir katta odam , shuningdek, che- 
kuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. 
Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan 
kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga 
tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘sm irda krizisni yuzaga kelti- 
rib chiqaradi. Bu krizis o‘sm irning m a’naviy o‘sishi, shuningdek, 
psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bola­
ning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o ‘zining yaqinlari, do‘stlari, teng­
doshlari bilan yangi m unosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta 
o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smir- 
larda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o ‘zi ha- 
qidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zga- 
rishlarga to ‘g‘ri kelmayotganligi o‘sm irning asabiylashishiga olib 
keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuza­
ga keltirishi m um kin. Ba’zi o‘sm irlarni nim a uchun atrofdagilar, 
kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay 
olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiy- 
lashishlariga sabab b o lad i va o‘smirlik davri inqirozi yuzaga ke­
ladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, 
passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy 
m unosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda 
u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan 
o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. D o‘sti o‘smir- 
ga ijobiy ta ’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta ’sir qiladi- 
mi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq.
0 ‘rtoqlarining ta ’siri ostida o‘sm ir o‘zining ehtiyojlari va is- 
taklarini qondirishi m um kin. Agarda bundan qanoatlanish u n ­
ga katta m am nunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning ba’zi 
bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqish- 
lari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga aylani- 
shi mum kin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, 
matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki 
qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi,
327


am m o o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, be- 
zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qo- 
lishlari mum kin.
0 ‘smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir on- 
da o‘tib ketadigan xohishlarning ko‘pligidan va kelib chiqadigan 
oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra bilishlikdan kelib chiqadi. 
Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va yengillik bilan 
amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tar- 
zidagi ishlardan boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni am al­
ga oshirishga o‘sm irlarning imkoniyatlari yetmaydi. Bunga shaxs 
taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta ’sir qiladi. Agarda o‘sm ir bola­
lar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining 
psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. 0 ‘sm ir­
lar, o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak 
narsani ko‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlar- 
ga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari 
ham mum kin. 0 ‘quvchilarni o‘z xatti-harakatlarining oqibatla- 
rini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tar- 
biyachilarning asosiy vazifasidir.
0 ‘sm irlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, 
ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan 
tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa 
ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta ’sir qiladi. 
Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta ’lim va tarbiya berishda 
ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va turli xil foydali mashg‘ulot- 
larga jalb qilish ham da qiyinroq, lekin kuchlari yetadigan ishlar 
bilan shug‘ullantirish nihoyatda m uhimdir.
« 0 ‘smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir bir­
muncha faolroq ijtimoiy muhitga yetilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida 
vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun 
kurasha boshlaydi». H ar bir o‘sm ir muvaffaqiyatli ishlar bilan te- 
varak-atrofdagi odam lar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.
K attalar o‘sm irlarning foydali jam oa ishlarida muvaffaqi- 
yatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z
328


qadr-qim m atlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. 
Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari, 
bepisandlik qilishlari m um kin. Buni ular o‘zlarining qadr-qim - 
matlari tan olinm aganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib, 
salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari m um ­
kin bo‘ladi.
0 ‘sm irlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir 
fikr, dunyoqarash shakllanm agan bo‘ladi. U lar tashqi ta ’sirlarga 
va hissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek, ularga 
m ardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta ’sirlarga beriluv- 
chanlik o‘sm irda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, 
lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi. 
Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, 
ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay, o ‘z fikrlarini 
o‘tkazishga harakat qiladilar. 0 ‘smirlarga farosatlilik, tejamkor- 
lik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilishlik kabi psixik xususi- 
yatlar hali yetishmaydi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari 
guruhida o ‘sm ir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan nam o­
yon bo‘ladi. 0 ‘sm ir o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani hol­
da shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarori- 
ni doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. G uruh ko‘pincha o‘smirda 
«biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki ho- 
latini mustahkamlaydi. 0 ‘sm ir yoshdagi bola uchun do‘st tan- 
lash juda katta ahamiyatga ega. 0 ‘smirlik davrida do‘stlik juda 
qadrli hisoblanadi. D o‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin 
bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘sm ir do‘stlarning hol-ah- 
vol so‘rashishi va ko‘rishishlarida (q o i berib, quchoq ochib ko‘ri- 
shish) birga o‘tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rina- 
di. Ko‘pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘sm irlarning 
shaxs bo‘lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi in­
son qalbi va xotirasida bir um rga saqlanib qoladi.
0 ‘sm ir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlari- 
ning kuchlari yetmaydigan qaram a-qarshiliklar paydo bo‘ladi. 
Asosiy qaram a-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga kelti-
329


ruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, m a’naviy va moddiy ehti- 
yojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan ham da 
kolp jihatdan yetarli bo im ag an imkoniyatlari o‘rtasidagi qara- 
ma-qarshilikdir. CTsmirnmg o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni 
butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi b o lib qolgan- 
ligini ta ’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu 
tuyg‘uni yetarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. 
Bu o‘z navbatida kattalarga qokpol m unosabatda boyish va agres- 
sivlikni hamda ota-onalar bilan o‘qituvchilarning maslahat va ta- 
lablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alom atlarini ham kel- 
tirib chiqaradi.
«Oltinchi sinf muammolari»ga bag‘ishlangan tadqiqot ishi- 
da shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil 
fanlar bo‘yicha o ‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq b o igan 
m uam m olarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan: ol­
tinchi sinf o'quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 m arta ko‘proq 
qaysarlik qilish lari, 10 m arta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik 
ko‘rsatishlari, 7 m arta kolproq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qi- 
lishlari, 9 m arta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor be- 
rishlari, 5 m arta ko‘proq faqat o‘z xohish-istaklariga bokysunish- 
lari va nihoyat 42 m arta ko‘proq o‘z xatti-harakatlari motivlariga 
ega bo‘lmasliklari aniqlangan (Krakovskiy A.P. 1970).

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling