Mavzu: qo`shilgan qiymat solig`ini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Qo`shilgan qiymat solig`ining O’zbekiston soliq tizimida tutgan


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana30.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1690158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
88888888888885953 uzsmart.uz

1.2. Qo`shilgan qiymat solig`ining O’zbekiston soliq tizimida tutgan 
o`rni. 
Respublikamiz mustaqillikga erishgandan so’ng dastlabki yillik (1992 yil) 
Davlat budjetiga tashqaridan dotatsiya va subvensiya olmasdan tuzilishi 
bo’yicha talablar qo’yildi. Shundan kelib chiqib, boshlang’ich bosqichda soliq 
siyosati ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishga ega bo’lgan budjet daromad va 
xarajatlarining tengligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni xal 


14 
qilishga qaratilgan edi. Uni respublikada ishlab chiqarish hajmi tushib ketgan bir 
sharoitda, yuqori inflatsiya paytida va davlat moliya sohasidagi o’ta og’ir bir 
vaziyatda amalga oshirishga to’g’ri keldi. 
Yuzaga kelgan vaziyat, bilvosita soliqlar (asosan QQS)ga asoslangan soliq 
tizimini fiskal vazifani bajarishi zarurligini taqozo qildi. Soliqlarni joriy 
etilishining bosh maqsadi bo’lib davlat taqdi etayotgan xizmatlarni moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu sababli bu davrda soliq isloxotida 
sezilarli muhim o’zgarishlar bo’lib o’tdi, bunda ayniqsa, aylanmaga soliq va 
sotishdan soliq o’rniga qo’shilgan qiymat solig’i joriy qilinishining asosiy 
sabablaridan bo’lib birinchi navbatda u yordamida davlat budjetiga daromadlar 
tushumining tengligini ta’minlash va bozor munosabatlarini shakllantirish 
vaqtida katta ahamiyatga ega bo’lgan davlat budjetini tuzishning barqaror 
bazasini yaratish hisoblanadi. Olimlarnng fikricha qo’shilgan qiymat solig’i kabi 
nazariya sohasidan amaliyot sohasiga juda tez o’tgan va dunyoning bir necha 
mamlakatlari budjetining bilvosita soliqlari ichida yuqori mavqeni egallagan 
soliqni soliqlar rivojlanish tarixi bilmaydi. 
Iqtisodiyotning har xil sohalaridagi tuzilishi, o’zgartir-masdan, soliq 
stavkalarini uncha kata bo’lmagan miqdorda oshirilishi, budjetga soliq 
tushumini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bu qo’shilgan qiymat solig’i 
G’arbiy Yevropadagi xorijiy davlatlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida sinab 
ko’rilgan, natijada u budjet daromadlarini shakllantirishning ishonchli manbai 
sifatida o’zining qulay va samarali vosita ekanligini isbotlagan .Lekin shunga 
qaramay mamlakatimizda QQSning dastlab joriy etilishidagi yuqori stavkani 
(30%) shu paytda faoliyat ko’rsatgan korxonalarning moliyaviy natijalariga egri 
soliq sifatida bo’lmagan bo’lsada , Tovar va xizmatlar bahosining oshishiga va 
buning natijasida inflatsiya darajasining yanada yuqori (646%
6
) bo’lishiga o’z 
«ulishini qo’shadi», desak mubolag’a bo’lmasa kerak (to’g’ri, bunda boshqa 
6
Ачилов М., Тен В. Банковская система Республики Узбекистан. Журнал «Ринок, денги и кредит», №9, 
2001, С. 7 


15 
omillarning ham ta’siri katta bo’lgan). Shu tufayli keying yillarda QQS sta 
vkalari tushirib borildi.
QQSning mamlakatimizda rivojlanish tarixi qisqa davrni o’z ichiga olgani 
bilan ancha samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda va budjet daromadlarini 
shakllantirishda mustahkam o’rin egallagan. Buning asosiy sabablaridan biri 
QQSning ilgari amalda bo’lgan soliqlardan bir necha afzalliklarga egaligidir. 
Endi bu afzalliklar xaqida to’xtalsak. 
QQS umuman bilvosita soliqlarning kelib chiqish tarixi shuni ko’rsatdiki, 
ularga soliq yukini mahsulot ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o’tkazish 
vazifasi qo’yilgan. Mohiyati jihatidan QQS bilvosita soliq bo’lganligi uchun 
korxonaning moliyaviy yakuniga betaraf bo’ladi
7
. Buni bevosita soliq misolida 
yaqqol ko’rish mumkin, masalan foyda solig’i yuki bevosita ishlab 
chiqaruvchining zimmasiga tushib, QQSda esa soliq yuki (ayrim xolatlardan 
tashqari) istemolchiga o’tib ketadi. QQS solig’ining, bizningcha eng muhim 
afzalliklaridan biri bu mahsulot sotuvchi korxona faoliyatiga nisbatan, ya’ni 
korxonaga nisbatan betarafligidir. 
Qo’shilgan qiymat solig’ining bunchalik tez va keng tarqalishi zamonaviy 
texnika va yo’lga qo’yilgan xujjatlar aylanishida soliq operatsiyalarini tez va 
aniq amalga oshirish imkonini berishi muayyan tovarlar va xizmatlarga soliq 
solishning imtiyozli shartlari borasida chakana savdodagi sotuvlardan olinadigan 
soliqqa nisbatan samaraliroq ekanligi bilan izohlanadi. 
Demak, respublikamizda QQSning joriy etilishi bir tomondan soliq 
tizimida keng qo’llanib kelinayotgan dunyo andozalariga o’tish uchun bir qadam 
bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomonidan davlat budjeti daromadlarini uzluksiz 
ta’minlash ko’zda tutilgan edi. Budjet daromadlarini shakllantirishda QQS 
qanday mavqeini egallab kelmoqda va uning soliq tizimida tutgan o’rnini 
baholash uchun biz keyingi yillardagi soliq tushumlari tuzilishini keltirib 
o’tmoqchimiz (1-jadval). 
7
Yahyoyev.Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. –T.: 2000. 59-b. 


16 
1-jadval 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling