Aksiz solig'i va soliq tizimida tutgan o’rni - Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi.
- Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
- Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723—1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini ko‘rsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
- Soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi.
Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni - O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992- yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
- Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig‘i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000- yilda 22,8 foizni, 2001-yilda 26,3 foizni, 2002-yilda 28,8 foizni, 2003-yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006-yilgi davlat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2009- yilda esa 14,4 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan.
- Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendensiyasiga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son «Bozorni Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUavto» aksionerlik jamiyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat budjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika budjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |