Aksiz solig'i va soliq tizimida tutgan o’rni


Buyurtmachi tomonidan beriladigan xomashyodan mahsulotga aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi


Download 210.4 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi210.4 Kb.
#1528065
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aksiz solig\'i va soliq tizimida tutgan o’rni slayd

Buyurtmachi tomonidan beriladigan xomashyodan mahsulotga aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:

  • — aksiz solig‘ining qat’i stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib; — boshqa mahsulotlar bo‘yicha tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xomashyo qiymatidan kelib chiqib.

Alohida tovarlar bo‘yicha budjetga to‘lanadigan aksiz soliqini hisoblab chiqishning xususiyatlari

  • Alkogolli mahsulot bo‘yicha. Alkogolli mahsulot bo‘yicha belgilangan tartibga muvofiq budjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i summasi belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq summasi bilan «O‘zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyasi (XK) maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan soliq summasi o‘rtasidagi ayirma sifatida belgilanadi. «O‘zvinosanoat-xolding» XKga o‘tkaziladigan aksiz solig‘ining miqdori, shuningdek, mazkur tartib tatbiq etiladigan alkogolli mahsulotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
  • Alkogolli mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko‘rsatadigan bankda «O‘zvinosanoat-xolding» XKga o‘tkaziladigan, belgilangan stavka bo‘yicha hisoblab chiqilgan aksiz solig‘ini to‘lashga doir maxsus hisobvaraq ochadilar, hisoblangan soliq korxonaning ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga har o‘n kunda, aksiz solig‘ini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay o‘tkaziladi. «O‘zvinosanoat-xolding» XKga tegishli bo‘lgan aksiz solig‘i summasi, basharti korxona alkogolli mahsulotga doir aksiz solig‘i bo‘yicha to‘lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha boqimandalar mavjud bo‘lmasa, kompaniyaning maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.

Aksiz solig‘ini to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, muddatlari

  • To‘lovchilar tomonidan sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘i summasi budjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi: — joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay — joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun; — joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay — joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun; — keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay — hisobot oyining qolgan kunlari uchun. Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot yuklab jo‘natilgan kun sotish kuni bo‘lib hisoblanadi. O‘n kunlik to‘lovlar bo‘yicha aksiz solig‘ining kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni «Hisoblab yozish» va «To‘lash» ustunlarida aks ettiriladi.

Download 210.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling