Aksiz solig'i va soliq tizimida tutgan o’rni


Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi


Download 210.4 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi210.4 Kb.
#1528065
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aksiz solig\'i va soliq tizimida tutgan o’rni slayd

Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi

  • Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘- lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat’i nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida molmulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu molmulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar tushuniladi.

Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi:

  • 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
  • — tovarni sotish (jo‘natish);
  • — garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish;
  • — aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
  • — aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
  • — aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
  • 2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
  • 3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek, oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
  • 4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek, ulush qo‘shish asosida xomashyo va materiallarni, shu jumladan, aksiz to‘lanadigan xomashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
  • 5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;
  • 6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.
  • Tekinga beriladigan aksizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lib hisoblanadi:
  • — aksiz solig‘ining qat’i stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, vino bo‘yicha
  • — sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida;
  • — boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha soliq to‘lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo‘lmagan qiymat.

Download 210.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling