Mavzu: qo`shilgan qiymat solig`ini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#211267
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
qoshilgan qiymat soligini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yollari

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

2-chizma. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar



14

 

 



1)  soliqdan  ozod  etiladigan  tovarlarni  (ishlarni,  xizmatlarni)  realizatsiya 

qilish oboroti (208-modda); 

2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209-modda); 

3) soliqdan ozod etiladigan sug`urta xizmatlari (210-modda); 

4) soliqdan ozod etiladigan import. 

                                                 

14

 O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq tayyorlandi.  



 

Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar 

(O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-211-moddalari) 

Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar 

(O’zR.SKining 209-moddasi) 

Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni,                            

xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti.(O’zR.               

SKining 208-moddasi) 

Soliqdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari 

(O’zR.SKining 210-moddasi) 

Soliqdan ozod qilinadigan import 

(O’zR. SKining 211-moddasi) 



45 

 

Qo`shilgan  qiymat  solig`idan  quyidagi  tovarlarni  (ishlarni,  xizmatlarni) 



realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi: 

-  davlat  organlari,  fuqarolarning  o`zini  o`zi  boshqarish  organlari  hamda 

boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ko`rsatiladigan, davlat boji va yig`imlar 

undiriladigan xizmatlar

- maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar; 

- bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar; 

-  dafn  etish  byurolari  va  qabristonlarning  marosim  xizmatlari,  diniy 

ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar 

va marosimlar o`tkazishga doir xizmatlari; 

- protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo`ljallangan inventarlar, 

shu  jumladan,  ularni  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  realizatsiya  qilinayotgan 

buyumlar  va  inventarlar,  shuningdek,  nogironlarga  ko`rsatilayotgan  ortopedik 

protezlash  xizmatlari,  protez-ortopediya  buyumlari  va  nogironlar  uchun 

mo`ljallangan  inventarlarni  ta`mirlash  hamda  ulardan  foydalanishga  doir  ishlar 

bo`yicha xizmatlar; 

davolash 



muassasalari 

huzuridagi 

davolash-ishlab 

chiqarish 

ustaxonalarining  mazkur  muassasalar  tomonidan  realizatsiya  qilinadigan 

mahsulotlari; 

-  pochta  markalari  (kolleksiya  qilinadiganlaridan  tashqari),  markali 

otkritkalar, konvertlar; 

- aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to`lash bo`yicha xizmatlari; 

-  budjet  mablag`lari  hisobidan  bajariladigan  ilmiy-tadqiqot  va  innovatsiya 

ishlari.  Ushbu  imtiyozni  olish  uchun  tegishli  moliya  organining  budjetdan 

mablag`lar ajratish to`g`risidagi xulosasi asosdir; 

-  shahar  yo`lovchilar  transportining  xizmatlari  (taksidan,  shu  jumladan, 

yo`nalishli taksidan tashqari), shuningdek, temiryo`l va umumiy foydalanishdagi 

avtomobil  transportida  (taksidan,  shu  jumladan,  yo`nalishli  taksidan  tashqari) 

shahar atrofidagi yo`nalishlarda yo`lovchilar tashish xizmatlari




46 

 

-  oliy,  o`rta,  o`rta-maxsus,  kasb-hunar  o`quv  yurtlarida,  shuningdek, 



kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug`ullanuvchi 

tashkilotlarda  ta`lim  berishning  haq  evaziga  o`qitishga  doir  qismi  bo`yicha 

xizmatlar; 

-  vakolatli  davlat  organiga  saqlab  turish  uchun  topshirilgan  qimmatbaho 

metallar; 

- chet el havo kemalariga xizmat ko`rsatish yuzasidan bevosita O`zbekiston 

Respublikasi  aeroportlarida  va  O`zbekiston  Respublikasining havo  bo`shlig`ida 

amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan, aeronavigatsiya xizmati; 

-  sanatoriy-kurort,  sog`lomlashtirish,  turistik-ekskursiya  xizmatlari  va 

bolalar  dam  olish  oromgohlarining  xizmatlari,  shuningdek,  jismoniy  tarbiya  va 

sport muassasalarining tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlari; 

- gidrometeorologiya va aerologiya ishlari; 

- geologiya va topografiya ishlari

-  O`zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasining,  uning  tarkibiga  kiruvchi 

korxonalar  va  tashkilotlarning  hamda  O`zbekiston  Milliy  axborot  agentligining 

asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar; 

-  O`zbekiston  Respublikasi  hududidan  eksport  qilinayotgan  tovarlarni 

tashish, tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, ishlar; 

- O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo`yicha xalqaro va 

chet  el  hukumat  moliya  tashkilotlari  tomonidan  berilgan  qarzlar  (kreditlar) 

yuridik shaxslar oladigan, shuningdek, grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, 

xizmatlar); 

-  uy-joy  fondini  saqlash  va  ta`mirlash  yuzasidan  aholiga  ko`rsatilayotgan 

xizmatlar; 

- aholini elektr energiyasi bilan ta`minlash; 

- davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o`rgatish xizmatlari; 

- o`zi yetishtirgan qishloq xo`jaligi mahsuloti; 

- ichki ishlar organlari huzuridagi qo`riqlov bo`linmalari xizmatlari; 

- va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oborotlar. 



47 

 

Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo`shilgan qiymat solig`idan ozod 



etilgan: 

-  to`lovlar,  o`tkazmalar,  qarz  majburiyatlari,  cheklar  va  to`lov  vositalari 

bilan bog`liq operatsiyalar, inkasso bo`yicha operatsiyalar

- milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog`liq operatsiyalar; 

-  qimmatli  qog`ozlar  (aksiyalar,  obligatsiyalar  va  boshqa  qimmatli 

qog`ozlar) bilan bog`liq operatsiyalar; 

- akkreditivlar ochish va ularga xizmar ko`rsatish; 

- pul mablag`larini konvertatsiya qilish bo`yicha operatsiyalar; 

- chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish; 

- kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta 

hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash); 

- forfeiting va factoring operatsiyalari; 

-  lombard  operatsiyalari  (garovga  qo`yilgan  mol-mulkka  qisqa  muddatli 

kreditlar berish); 

- jamg`arib boriladigan pensiya tizimi mablag`larining oboroti; 

- va boshqa oborotlar. 

Qo`shilgan  qiymat  solig`idan  ozod  etilgan  sug`urta  xizmatlari  bo`lib 

quyidagilar hisoblanadi: 

1)  sug`urta  bozorining  professional  ishtirokchisi  quyidagilarni  olsa, 

qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinadi: 

a)  sug`urta  qilish,  birgalikda  sug`urta  qilish  va  qayta  sug`urta  qilish 

shartnomalari bo`yicha sug`urta mukofotlari

b)  qayta  sug`urta  qilishga  topshirilgan  shartnomalar  bo`yicha  vositachilik 

haqi va tantyemalar; 

d)  sug`urta  agenti,  sug`urta  va  qayta  sug`urta  brokeri,  syurveyyer  hamda 

sug`urta bozirining professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik 

haqi; 


e)  qayta  sug`urta  qilishga  topshirilgan  shartnomalar  bo`yicha  sug`urta 

to`lovlari ulushining qayta sug`urtalovchilar tomonidan to`lanadigan to`lovini; 




48 

 

f)  sug`urta  bozorining  professional  ishtirokchilari  (aktuariylar,  ajasterlar, 



syurveyyerlar,  assistans  xizmatlari  va  shu  singarilar)  ko`rsatgan  xizmatlardan 

olinadigan daromadlar; 

h)  qayta  sug`urta  qilish  shartnomalari  bo`yicha  depo  mukofotiga 

hisoblangan hamda qayta sug`urta qildiruvchi tomonidan qayta sug`urtalovchiga 

o`tkazilgan foizlar; 

i)  hayotni  sug`urta  qilish  shartnomalari  bo`yicha  sug`urta  qildiruvchilar 

taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar; 

 j)  sug`urtalovchining  (qayta  sug`urtalovchining)  investitsiya  faoliyatidan 

olinadigan  daromadlar,  shu  jumladan,  sug`urta  rezervlari  va  sug`urta  fondlari 

mablag`larini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar; 

k)  sug`urta  qilish,  birgalikda  sug`urta  qilish  va  qayta  sug`urta  qilish 

shartnomalari bo`yicha franshizlarini qoplashdan olinadigan daromadlar; 

l)  qonun  hujjatlariga  muvofiq  sug`urtalovchiga  o`tgan,  sug`urta 

qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan 

talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar; 

m)  qayta  sug`urta  qilish  shartnomalari  muddatidan  ilgari  tugatilgan 

taqdirda,  ular  bo`yicha  sug`urta  mukofotlarining  qaytarib  berilgan  qismi 

summalari; 

n)  bevosita  sug`urta  faoliyatini  amalga  oshirishdan  olinadigan  boshqa 

daromadlar; 

2) sug`urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo`shilgan qiymat 

solig`idan ozod qilinadi: 

a) sug`urta to`lovi (sug`urta tovoni); 

b) preventive tadbirlar o`tkazish uchun beriladigan mablag`lar; 

d) sug`urta qilish shartnomasi uchun beriladigan mablag`lar; 

e) sug`urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag`lar. 

Tovarlarni  import  qilishda  quyidagi  hollarda  qo`shilgan  qiymat  solig`idan 

ozod etiladi: 




49 

 

1)  jismoniy  shaxslar  tomonidan  tovarlarni  bojsiz  olib  kirishning  bojxona 



to`g`risidagi  qonun  hujjatlarida  tasdiqlangan  normalari  doirasida  olib 

kirilayotgan tovarlar; 

2)  chet  el  diplomatik  vakolatxonalari  va  ularga  tenglashtirilgan 

vakolatxonalari 

rasmiy 

foydalanishi 

uchun, 

shuningdek, 

ushbu 

vakolatxonalarning  diplomatik  va  ma`muriy-texnik  xodimlari,  shu  jumladan, 



ularning o`zlari bilan birga yashayotgan oila a`zolari shaxsiy foydalanishi uchun 

mo`ljallangan tovarlar; 

3)  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan 

tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar; 

4)  davlatlar,  hukumatlar,  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  xayriya  yordami 

maqsadida, shu jumladan, texnik ko`mak ko`rsatish maqsadida olib kirilayotgan 

tovarlar; 

5)  davlatlar,  hukumatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  berilgan  grant 

mablag`lari hisobidan olib kirilayotgan tovarlar; 

6)  dori  vositalari  va  tibbiy  (veterinariya)  buyumlari,  shuningdek,  dori 

vositalari  va  tibbiy  (veterinariya)  buyumlari  ishlab  chiqarish  uchun  olib 

kirilayotgan xomashyo; 

7)  O`zbekiston  Respublikasi  hududiga  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

tasdiqlanadigan  ro`yxat  bo`yicha  olib  kirilayotgan  texnologik  asbob-uskunalar, 

shuningdek, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berisgh 

texnologik  asbob-uskunalarni  yetkazib  beriosh  kontrakti  shartlarida  nazarda 

tutilgan  bo`lsa.  Import  qilingan  texnologik  asbob-uskunalar  olib  kirilgan 

paytdan  e`tiboran  uch  yil  mobaynida  eksportga  realizatsiya  qilingan  yoki  tekin 

berilgan  taqdirda,  mazkur  imtiyozning  amal  qilishi  imtiyoz  qo`llanilgan  butun 

davr  uchun  qo`shilgan  qiymat  solig`i  to`lash  bo`yicha  majburiyat  tiklangan 

holda bekor qilinadi; 

8) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo`yicha vakolatli davlat organi 

o`rtasida  tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  investitsiya  majburiyatlari  sifatida  olib 

kiriladigan mol-mulk; 




50 

 

9)  vakolatli  davlat  organining  yozma  shakldagi  tasdig`i  mavjud  bo`lgan 



taqdirda,  telekomunikatsiyalar  operatorlari  va  tezkor  qidiruv  tadbirlari 

tizimining  texnik  vositalarini  sertifikatlashtirish  bo`yicha  maxsus  organ 

tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; 

10)  bolalar  poyabzali  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  chet  el 

investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  o`z  ishlab  chiqarishida  foydalanish 

uchun olib kirayotgan xomashyo, materiallar va yarim mahsulot. 

 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling