O'zbekiston Davlat soliq qo'mitasi 2015 yilda soliqlar stavkalaridagi asosiy o'zgarishlarni ma'lum qildi - . Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha
- 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-sonli qarorining 8-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 2014 yildagi soliq stavkasiga nisbatan 0,5 foizli punktga pasaytirildi va 8 foiz o‘rniga 2015 yilda 7,5 foiz qilib belgilandi.
Tijorat banklari uchun soliq stavkasi 2014 yil darajasida – 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari (foyda solig‘ini 7,5 foiz stavkada to‘lash ko‘zda tutilganlar) uchun plastik kartalar qo‘llanib haq to‘langan holda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha belgilangan stavka 5 foizga kamaytirilishi saqlanib qolindi. Eksport qiluvchi korxonalar uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushiga bog‘liq holda foyda solig‘i stavkasini pasaytirish tartibi saqlanib qolindi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatda keltirilgan xom ashyo mahsulotlari mustasno. Eksport ulushi: - Eksport qiluvchi korxonalar uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushiga bog‘liq holda foyda solig‘i stavkasini pasaytirish tartibi saqlanib qolindi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatda keltirilgan xom ashyo mahsulotlari mustasno. Eksport ulushi:
- – sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda, belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;
- – sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko‘p bo‘lganda, belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |