Mavzu: qoyatosh tasvirlari va ularning o'rganish tarixi kirish
Download 158.21 Kb.
|
QOYATOSH TASVIRLARI VA ULARNING O\'RGANISH TARIXI234
- Bu sahifa navigatsiya:
- II–BOB. TALABALARNING SAN`ATSHUNOSLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘ YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi
- Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari.
MAVZU: QOYATOSH TASVIRLARI VA ULARNING O'RGANISH TARIXI KIRISH I–BOB. UMUMIY TA`LIM MAKTABLARDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QTILISHI HAQIDA 1.1. Qoyatosh tasvirlari 1.2.Tasviriy san'at fanidan davlat ta'lim standarti 1.3.O`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi. II–BOB. TALABALARNING SAN`ATSHUNOSLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH 2.1.Chingiz Axmarov hayoti va uning ijodiy ishlari. 2.2. Tasviriy san'atning izohli lug'ati 2.3. Sarmishsoy qoyatosh tasvirlari- Navoiy viloyatidagi “Zangori osmon ostidagi muzey” 2.4. Sarmishsoy qoyatosh tasvirlarining qiyosiy tavsifi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘ YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi Faoliyati qadimiy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilishga qaratilgan davlat organlarining mablag’lari har doim ham yetarli bo’lmayapti, madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish inspektsiyasi esa obidalarning sekin-asta yo’qolib ketishini qayd etishdan boshqa narsaga iloji bo’lmayapti. SHuning uchun ham biz «Zarautsoy» jamoatchilik Markazini tuzganmiz va xalqimizning muqaddas yodgorligini asrab qolish hamda muhofaza qilish vazifasini o’z oldimizga qo’yganmiz. Bu oliyjanob maqsadlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda obidaning ahvolini arxeolog, san’atshunos va gidrogeolog o’rganishi, ikkinchi navbatda yuqoridagi mutaxassislar xulosalari asosida Zarautsoy kamarlarining joyini, uning suratlarini saqlash, muhofaza qilish choralari ko’rilishi lozim, deb hisoblaymiz. SHuningdek, Zarautsoydagi bitiklar hamda qoyatosh suratlarining akslarini alohida rangli kitob-albom holida chop etish, «Zarautsoy ibtidoiy san’ati» xujjatli filmini suratga olish rejamizda bor. Agar shu va boshqa ishlar amalga oshirilsa, natijada «Zarautsoy» jamoatchilik Markazi o’z oldiga qo’ygan muhim ilmiy, ma’rifiy, tarixiy, siyosiy masala bajariladi yoki anikroq qilib aytganda Zarautsoy taqdiriga befarq qarashni bartaraf etish keng xalq ommasi, xususan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalashga amaliy xizmat qiladi: eng qadimiy merosiy madaniyatimizdan tortib to hozirgi zamon va kelajak orasida ko’zga ko’rinmas vorisiylik iplarining bog’lanishi Vatanimizda milliy istiqlol g’oyasi shakllanayotgan bir paytda o’ta muhimdir. Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari. O‘ziga xos rang-baranglikni ifoda etgan mazkur manzara Zarautsoy qoyatosh suratlarining birida aks etgan. Zero, ming yillar osha saqlanib kelayotgan buyuk o‘tmishimizdan hikoya qiluvchi yurtimizdagi qoyatosh suratlari, san’at va ma’naviyatimizning ilk kurtaklari hisoblanadi. Ajdodlarimiz oddiy toshlarga bejirim rasmlarni shu qadar nafis, o‘ziga xos did bilan ishlaganki, ularni tomosha qilib beixtiyor hayratlanasiz. Muxbirimizga tarix fanlari nomzodi, dotsent Abdujabbor Kabirov O‘zbekistondagi mavjud qoyatosh tasvirlari, ushbu san’at turining paydo bo‘lish tarixi va ularda aks etgan manzaralar xususida quyidagilarni gapirib berdi. Download 158.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling