Mavzu: Qulay Invistitsiya muhiti
Investitsiya muhiti haqida tushuncha
Download 228.69 Kb.
|
1427277928 60799
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya muhiti haqida tushuncha
- Qulay Invistitsiya muhitini taminlash choralari
Investitsiya muhiti haqida tushunchaPrezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 15- dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal va muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi.Investitsiya muhiti haqida tushunchaYuqori texnologiyalar sohasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish, polietilen va polipropilen mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi, zamonaviy gaz-kimyo komplekslarini qurish, zamonaviy va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlar hamda yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, eskirgan uskunalarni zamonaviy bug‘- gaz qurilmalari bilan almashtirish hisobidan energetikani jadal rivojlantirish kabi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz sanoatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir.Qulay Invistitsiya muhitini taminlash choralariO‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorij sarmoyasining yildan-yilga ortayotgani buning yaqqol dalilidir. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchiligi tizimida eng ilg‘orlardan hisoblanadi.Qulay Invistitsiya muhitini taminlash choralariO‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy- huquqiy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida 2012-yil 10- aprelda davlatimiz rahbarining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.Download 228.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling