Mavzu: Qurilish gipsi Reja: Gips turlarini ishlab chiqarish texnologiyasi Ularning xossalari va xususiyatlari


Download 20.87 Kb.
bet2/4
Sana11.10.2023
Hajmi20.87 Kb.
#1698284
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu.docxC

Yuqori mustaxkam qurilish gipsi.
Yuqori mustaxkam gips asosan α-CaSO4∙2H2O dan iborat. Uni, HaSO4∙2H2O ni germetik asboblarda bug‘ bosimi ostida yoki bir xil tuzlarni suvli eritmasida termik ishlovi berilib, so‘ng quritib kukun xolatiga keltirib olinadi. Ishlab chiqarish shundan iborat xom-ashyoga avval issiq ishlovi beriladi va bunda gips toshidan kristallangan suv suyuq-tomchi xolatda ajraladi va αCaSO4∙0,5H2O ga o‘tadi. So‘ng olingan maxsulot quritiladi va maydalanadi (tuyuladi). Ma'lum bo‘lgan usullar quyidagilarga bo‘linadi:
1. avtoklav usuli: bunda gipstoshi germetik asboblarda atmosfera bosimidan baland bosimda to‘yingan bug‘ muxitida suvsizlanadi.
2. atmosfera bosimida bir xil tuzlarni suvli eritmasida gipstosh qayta suvsizlanadi.
Avtoklav usuli o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 1) suvsizlanishi avtoklavda o‘tqaziladi, quritish – maxsus apparatda amalga oshiriladi. 2) suvsizlanish va quritish birlashib bita asbobda o‘tqaziladi. Avtoklav ishlovini o‘tqazish – 10-12 soat davom etadi. Quritilgan moda sharli tegirmonda maydalanadi. Bu usulni kamchiligi - issiqlik ishlovi uzoq davomiyligi va yonilg‘i ko‘p sarflanishidir. S
Suyuq muxitda qurilish gipsini olish.
Suyuq muxitda xarorat teng tarqaladi, issiqlik uzatish tez boradi, kimyoviy reaksiyalar va moddalarning tuzilishini o‘zgarishi tez va to‘liq boradi. Suyuq muxit sifatida ba'zi tuz va kislotalarning eritmalaridan foydalaniladi (masalan 30-35% li magniy sulfat eritmasidan 45 minut davomida) 1300C da soda va osh tuzi eritmasida P.V. Bajenov gipsni pishirishni tavsiya etgan. Yuqori mustaxkam gips maydalangan gips toshni suvda 129-1320C atrofida 1,4-3% SAM (sirti aktiv modda) ishtirokida 70-90 daqiqa pishirib olish mumkin. Suyuq muxitda α-modifikatsiyani pishirib bog‘lovchi gips olish bosim ostida ishlaydigan asboblardan voz kechish imkonini beradi. Suvsizlantirish jarayoni odatdagi sharoitda boradi boradi. Kimyoviy reaksiya esa 100-1100C da boriladi. Bu sharoitda issiq tuzli eritmadan gipstoshini mayda zarrachalariga intensiv ravishda issiqlik o‘tadi va CaSO4∙0,5H2O ga kristallanadi, suv esa suyuq xolatda ajraladi. suyuq muxitda CaSO4∙0,5H2O ni yirik va zich kristallari o‘sib boradi. Bu esa qisqa muddatda yuqori sifatli maxsulot olishni ta'minlaydi.
Bu usulni kamchiligi shundaki, bog‘lovchi moddani yaxshilab yuvish kerak va uzoq muddat quritish zarur.

Download 20.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling