Mavzu: Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi
Download 186.89 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi asosidagi plastmassalar (tekstolit, Shishaplast, qog‘ozplast) kiradi. Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va yirik to‘ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi.Tolali struktura yog‘och, shisha tolali va mineral tolali materiallar uchun xosdir. Materiallar xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi) tolalari bo‘ylab va ko‘ndalang yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi. Materiallar tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda bo‘ladi. Kristall tuzilishli materiallar yuqori mustahkamlikka, turli muhitlarga chidamlilikka ega. Odatda ko‘pchilik materiallar amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. Bir material ham kristall (kvars), ham amorf tuzilishda bo‘lishi mumkin. Materialning tuzilishi holatiga qarab bu materiallarning kimyoviy birikishlarida ishtirok etishi turli tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi materiallar o‘zgarmas bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi. Kristall panjarani neytral atomlar, ionlar, molekulalar hosil qilishi mumkin. Murakkab kristallar (kalsiy, dala shpati) kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari sababli ularning hossalari turlichadir. Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi minerallari-silikatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan va hajmiy panjara tuzilishiga ega. Shu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi ham mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 186.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling