Mavzu: qurilish materiallarining fizik va mexanik xossalari reja: 1-qurilish materiallarining fizik xossalari
Download 14.62 Kb.
|
Презентация QURILISH MATERIALLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURILISH MATERIALLARINING MEXANIK XOSSALARI TURLARI
- 2-DEFORMATIVLIK (Elastiklik, Elastiklik chegarasi, Plastiklik, Mo’rtlik, )
Namlikdan deformatsiyalanish - materiallarning nisbiy namlik o ‘zgarishidan hosil bo‘ladigan chiziqli yoki hajmiy o‘lchamlarining o‘zgarishidir. Bu xususiyat materiallarning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich materiallarda namlikdan deformatsiyalanish oz (plastmassa, zich keramika, granit) yoki umuman bo‘lmaydi (po‘lat, oyna, bitum). G‘ovak materiallar (yog‘och, beton, giltuproq) nam ta’sirida kengayadi, namlik kamaysa, kirishish hisobiga deformatsiya ham kamayadi. Materiallarning bu holati ulardan konstruksiyalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Suv o‘tkazuvchanlik - materiallarning bosim ostida suvni o‘tkazishi filtratsiya koeffitsiyenti bilan ifodalanadi (m/soat):Yonuvchanlik - materialning olov ta’sirida m a’lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jihatdan materiallar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo‘linadi. Masalan, yonmaydigan 11 t m ateriallarga beton, g ‘isht, po‘lat, granit va shu kabilar, qiyin yonadiganlariga asfalt-beton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan yog‘och va shu kabilar, yonadiganlariga yog‘och, gulqog‘oz, bitum, bo‘yoqlar va shu kabilar kiradi. Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini kechiktirish mumkin. K o‘p yonmaydigan materiallar olov ta’sirida yonmasa-da, kuchli deformatsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy toshlar), sachrab sinadi (asbosement). QURILISH MATERIALLARINING MEXANIK XOSSALARI TURLARI:QURILISH MATERIALLARINING MEXANIK XOSSALARI TURLARI:1-MUSTAHKAMLIK (Siqilishdan mustahkamlik chegarasi, Egilishdagi mustahkamlik chegarasi, Cho‘ziIishdagi mustahkamlik chegarasi, Zarbga qarshilik, Qattiqlik, Ishqalanishga qarshilik.)2-DEFORMATIVLIK (Elastiklik, Elastiklik chegarasi, Plastiklik, Mo’rtlik, )Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi - tashqi omillar ta’sirida materialda hosil bo‘ladigan ichki siquvchi zo‘riqishlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidir. Siquvchi kuch yuk, kirishish, notekis qizdirish va shu kabilar natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik materiallar anizatrop tuzilishda bo‘lgani uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi qator sinovlar natijalarining o‘rtacha miqdori bilan belgilanadi. Materialning mustahkamligi tayyorlangan namunaning shakliga, o‘lchamlariga, qo‘yilgan kuchning o’sish tezligiga va kuch tushayotgan yuzaning holatiga bog‘liq; ba’zi materiallaming (plastmassaiar, bitumli betonlar) mustahkamligiga sinash vaqtidagi harorat ham ta’sir etadi. Balandligi ko‘ndalang kesimning tomonlaridan kichik bo‘lgan prizma kubga nisbatan siqilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Silindr yoki prizma shakli-dagi namunalaming mustahkamlik chegarasi kubnikidan 25 foiz kam bo‘ladi. Chunki, namunaning balandligi qancha katta b o isa, siqilishda hosil bo‘ladigan ko‘ndalang kengaytiruvchi kuch shuncha yuqori bo'ladi. Qurilish materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 MPa dan 1000 MPa gacha bo‘ladi. Ishqalanishga qarshilik. Pol, zinapoya, yo‘l singari ishqalanish kuchi ta’sirida bo‘lgan joylarda ishlatiladigan materiallar ishqalanishga sinab ko‘riladi. Buning uchun kubli tayoq diametri 25 mm. ga teng bo‘lgan silindr kabi namunalar tayyorlanadi. Materiallarni yedirilish doirasida 1000 marta aylantirilganda, namunaning 1 m² yuzasidan (F) yo‘qotilgan massaga ishqalanishga qarshiligi (I) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi: bunda: va ishqalanishdan oldingi va keyingi massalari. Elastiklik - kuch olingandan keyin materialning avvalgi shakli va o‘lchamlarini tiklash xususiyatidir. Material tashqi kuch ta’sirida qoldiq deformatsiyaning eng avvalgi nuqtasi elastiklik chegarasi deyiladi. Elastiklik chegarasida nisbiy uzayish kuchlanishga to‘g‘ri proporsional bo‘lgani uchun kuch olingach, material awalgi shakli va o‘lchamlarini qoldiq deformatsiyasiz tiklay oladi. kuchlanishga to‘g‘ri proporsional bo‘lgani uchun kuch olingach, material awalgi shakli va o‘lchamlarini qoldiq deformatsiyasiz tiklay oladi. Elastiklik moduli £(Yung moduli) Guk qonuniga binoan ichki zo‘riqishning () nisbiy uzayish yoki qisqarishga () nisbatidir: , MPa. Download 14.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling