Yangidan kiri-tilgan
(moliyalashti-rishning markaz-lashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan ob’ektlar bo‘yicha taqdim etiladi)
Buxgalteriya balansi (1-shakl)
Asosiy vositalar (012-satr)da qurilish tashkilotlari balansida bo‘lgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi.
Kapital quyilmalar (100-satr)da qurilish tashkilotlarining o‘z maqsadlarida xo‘jalik yoki pudrat usullarida olib borgan tugallanmagan kapital investitsiyalarining qiymati ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari (150-satr)da omborlarda (qurilish maydonchalarida) saqlanayotgan qurilish materiallari, konstruksiyalar, detallar, o‘rnatiladigan jihozlarning hisob siyosatida belgilangan hisob baholaridagi qiymati aks ettiriladi.
Tayyor mahsulotlar (170-satr)da sotish uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar (eshik, dereza, g‘isht, detal, moslamalar va boshqa shu kabi mahsulotlar)ning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi.
Kelgusi davr harajatlari (190-satr)da qurilish tashkilotlarining hisobot davrida bajarilgan ishlar tannarxi va davr harajatlariga tegishli bo‘lmagan harajatlari aks ettiriladi.
Jami debitorlik qarzlar (210-satr)da qurilish tashkilotiga hisobot davri oxiriga qarzdor shaxslarning jami qarzlari ko‘rsatiladi.
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (450-satr)da qurilish tashkilotining yil oxiridagi jami taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari) ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |