Mavzu: qurilish tashkilotlarida hisobot reja


Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)


Download 15.75 Kb.
bet6/7
Sana11.10.2023
Hajmi15.75 Kb.
#1697384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalar, sol-fayllar.org

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)


  • Hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib qurilish tashkiloti hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘larining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)


  • 1.Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda bajarilgan qurilish ishlari, sotilgan tayyor mahsulot uchun tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan to‘lovlar, xodimlar nomidan to‘langan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek asosiy faoliyatga doir boshqa turdagi to‘langan pul mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (010-050 satrlar) aks ettiriladi.

  • 2.Investitsiya faoliyati bo‘yicha. Ushbu bo‘limda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, shuningdek uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish hamda sotishga doir pul oqimlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (060-100 satrlar) ko‘rsatiladi.

  • 3.Moliyaviy faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda olingan va to‘langan foizlar, olingan va to‘langan dividendlar, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumlar, xususiy aksiyalarni sotib olishga sarflangan pul mablag‘lari, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari, moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (110-180 satrlar) ko‘rsatiladi.

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)


  • Ushbu hisobotning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi ma’lumotlarni berish hisoblanadi.

  • Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.

Download 15.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling