Mavzu: qurilishda investitsiyaviy loyihalarni


KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 319.13 Kb.
bet2/18
Sana03.04.2023
Hajmi319.13 Kb.
#1322852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qurilish m

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatni belgilab berdilar, ushbu Muratjaatnomaga koʻra davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, chuqur o'ylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritishga yo'naltirilgan strategik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar doirasida iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modemizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalami yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, aholi bandligini ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolami zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta'minlash, uy-joy va kommunal xo'jaligini, sotsial infratuzilma ob'yektlarini modernizatsiya qilish, ilm-fan, ta'lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Xususan, "Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga ko'ra arsitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy
shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilish, qurilish sohasida
raqobatni rivojlantirish, yangi sub'yektlarning innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to`sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarini hal qilishga qaratilgan.

Download 319.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling