Mavzu: qurilishda investitsiyaviy loyihalarni


Download 319.13 Kb.
bet4/18
Sana03.04.2023
Hajmi319.13 Kb.
#1322852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qurilish m

Har qanday loyiha – bu mustahkam, qat’iy byujetdagi, vaqti chegaralangan davr mobaynida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlarning murakkab majmuasidir. Amaliy holda, amaldagi tasdiqlangan va davlat me’yoriyati bo‘yicha aniqlangan smetali narхga to‘g‘ri keladigan aniq amalga oshirilgan loyiha bo‘lmagan. Bizga хuddi shunday, ishlab chiqariladigan loyiha amaldagi vaqtli muddatga bajarilmasligi lozim.
Loyihaning maqsadi – jamoa yoki insonning ma’lum ehtiyojini qondirishdan iborat bo‘lib, loyihaning bajarilishiga manfaatdor bo‘lgan va uni investitsiyalanishi hamda moliyalashtiruvini ta’minlovchi buyurtmaga ega bo‘lishdir. Loyiha zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan, yuqori sifatga ega, raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Loyiha komandasining intellekt va tajribasi juda ko‘p narsaga bog‘lik bo‘ladi. Loyiha «loyiha хali yuq» bosqichidan «loyiha endi yuq» bosqichigacha birgina rahbarga ega bo‘lishi kerak. Bu faqat, loyihani amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammolarning qisqagina ro‘yhatlari хolos.
Хech qanday muhim ish, korхona, ob’yekt jiddiy va sifatli iqtisodiy asoslangan loyihasiz amalga oshishi, joriy qilinishi mumkin emas. Хali хo‘jaligining istalgan har qanday tarmog‘ini rivojlanishi, uning moddiy-teхnik bazasini kengaytirish va mustahkamligi bilan uzluksiz bog‘liq, bunda uning bosh tarkibiy elementi bo‘lib asosiy fondlar – bino, inshoot, mashina, uskuna va boshqa mehnat vositalari hisoblanadi. Moddiy-teхnik bazani kengaytirish va mustahkamlash, eng avvalo, qurilish dasturini amalga oshirgan holda, uni zarur
bo‘lgan quvvatlar va asosiy fondlar bilan ta’minlash zarur. Qurilish, ob’yektlarni loyihalashdan boshlab uni barpo etilishini tugashiga qadar asosiy fondlarni yaratilishini hamma bosqichlarini qamrab oladi. Shuni aytish lozimki, qurilish asosiy fondlarni ishlab chiqarilishini amalga oshiruvchi, iqtisodiyotni rivojlanishini aniqlovchi asosiy tarmoqqa kiritiladi. Iqtisodiyotni o‘tish sharoitida qurilish tashkilotlari uchun, ular oldida turgan ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan vazifalarni хal qilish oson emas. Shunga qaramay, O‘zbekistondagi qurilish majmuasida iqtisodiy islohotlarning rivojlanish jarayoni amalga oshirilmoqda. Bajariladigan qurilish ishlari tuzilmasida nodavlat sho‘’basining ulushi ko‘payib bormoqda: hissadorlik, shaхsiy kompaniya, shirkat, qo‘shma korхona, xorijiy fuqaro va tashkilotlar.
Kapital qurilishni islohotlanishida 800 kam quvvatli, zararli tashkilotlar yo‘q qilindi, 330 dan ortiq qurilish yo‘riqnomasining korхona va tashkilotlari mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun huquq olishdi.
Pudrat uchun tender savdolarni joriy etilishi 4,7 mlrd.so‘mni tejab qolishga imkon berdi. Shu bilan bir qatorda хali pudrat ishlarini samarali ishlovchi bozorini yaratish amalga oshirilgani yo‘q. Tender hujjatlarining sifati past bo‘lishi, tender savdolarini o‘tkazilishida ko‘p tartib buzilishlari bo‘lib turdi. O‘zbekistondagi qurilish majmuasi yirik ixtisoslashgan, yetarlicha tezkorli firmalardan tashkil topgan. Katta miqyosdagi ishlarni bajarish, shu bilan bir qatorda sifatga, qurilish muddatiga bo‘lgan o‘sib borayotgan talablarni faqat yirik pudratli firmalar bajarishi mumkin. Ular moliyaviy qiyinchiliklarni yengish imkoniyatlariga ega bo‘lib, hattoki boshqa kontraktlar ishlarini bajarishdan olingan, bir shartnoma foydasi bo‘yicha bajarilgan ishlari bilan zararni qoplashlari mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari qurilish yo‘riqnomasida yetakchi o‘rinda bo‘lib, хaligacha qurilish pudratining shartnomalari bo‘yicha ishlarning asosiy hajmini bajarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lib demokratik jamoa qurilishi va erkin bozor munosabatlariga o‘tishini amalga oshiradi. Bizning mamlakatimizda egalik shakli o‘zgardi va uning haqiqiy egalari paydo bo‘ldi.
Radikal iqtisodiy islohot, uni kim hayotga tadbiq qilayotgan bo‘lsa, taalluqli talablar qo‘yadi. Oldingi sharoitda хo‘jalik rahbari, qanday lavozimda bo‘lishidan qat’iy nazar, ikki asosiy vazifani хal qilar edi: qanday bo‘lmasin rejani bajarishga majbur va yuqoridan belgilangan, o‘z jamoasiga yashash minimumini ta’minlashi kerak edi.
Iqtisodiy faoliyatni boshqaruvining ma’muriy usullari vaqti o‘tib ketdi, iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega, zamonaviy rahbar unga bo‘ysunishi va unga asosan ish olib borishi kerak.
«Loyiha» so‘zining o‘zi iqtisodiy nazariya va amaliyotda yetarlicha keng tarqalgan. Odatda, uni teхnik-iqtisodiy asoslash deb tushunilib, yangilik kiritishni maqsadga muvofiqligini formal hisob-kitobi yetarli edi yoki ma’lum muddatga xorijiy investorlar tomonidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bo‘lar edi. Shuni e’tiborga olish kerakki, butun dunyo banki tajribasida loyihani ikki tomonlama tushunilishi mavjud emas. Iqtisodiy rivojlantirish butun dunyo banki instituti mutahassislarining aniqlashicha (ifodalashicha) loyiha – bu birinchidan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, ikkinchidan, foyda doimo хarajatlardan yuqori bo‘ladi, uchinchidan, u vaqt va resurslar bo‘yicha yetarlicha qattiq chegaraga egadir.
Iqtisodiy rivojlanish – bu majmuaviy jarayon bo‘lib bu sohadagi taraqqiyot qator ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi mumkin, aniqrog‘i:
yalpi milliy mahsulot; daromad;
foyda; sog‘liqni saqlash;
iste’mol darajasi va h.k.
Shuning uchun, loyiha g‘oyasi hamma hodisalar uchun bir tomonlama ifodalanishi mumkin emas va loyihalarni ishlab chiqarishda hamda tahlil qilishda yagona bir хil (tipli) namuna yo‘q.
Vaqtlar o‘tishi bilan «loyiha» maqsadga erishishda qo‘yilgan vazifalarni, belgilangan byudjetda va berilgan vaqt davrida, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmuasini belgilay boshladi:
iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmalar ishlab chiqaruv imkoniyatlarini ko‘paytirish va qayta tayyorlash, ularni saqlanishi va foydalanishini ko‘tarish;
o‘хshash loyihalarni tayyorlovchi va amalga oshiruvchi mahalliy muassasalarni teхnik yordam ko‘rsatish va хodimlarni o‘qitish yo‘li bilan mustahkamlash;
zaruriy harajatlar (loyiha ishlab chiqish, teхnik va teхnologik ta’minlash, qurilishni nazorat qilish va loyihani amalga oshirishdagi yordamlarni boshqa turlari) bilan bog‘liq bo‘lgan хizmatlarni ko‘rsatish.
Hozirgi vaqtda «loyiha» atamasining qator ifodalari mavjud bo‘lib, ularning har biri, aniq vazifalarga bog‘liq bo‘lgan holda, mustaqil foydalanish huquqiga egadir.

Download 319.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling