Mavzu: qurilishda investitsiyaviy loyihalarni


Loyiha – aniq boshlang‘ich ma’lumotli va talab etiladigan natijali ba’zi bir vazifadir. Loyiha


Download 319.13 Kb.
bet5/18
Sana03.04.2023
Hajmi319.13 Kb.
#1322852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qurilish m

Loyiha – aniq boshlang‘ich ma’lumotli va talab etiladigan natijali ba’zi bir vazifadir.
Loyiha (inglizcha - Project), bu qandaydir, nima o‘ylinmoqda yoki rejalanmoqda, masalan, katta korхona.
Zamonaviy tushunchada loyiha – bu teхnik va iqtisodiy hujjatlar (chizmalar), hisob-kitoblar hamda smetalar majmuasidir.
«Investitsiyaviy loyiha» tushunchasi quyidagi ma’noda ishlatiladi:

  1. Ma’lum maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, qandaydir harakatlar, amallar majmuasini ro‘yobga chiqarishini nazarda tutuvchi ishdek, tadbirlar faoliyatidek tushuniladi.

  2. Qandaydir harakat, amallarni yoki shunday amallarni tushuntirib berishni ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-huquqiy va hisobiy-moliyaviy tizimdek tushuniladi.

Investitsiyalar ob’yektlari sifatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
quriladigan, ta’mirlanadigan yoki kengaytiriladigan bino va inshootlar (asosiy fondlar);
regional yoki boshqa darajadagi dasturlar. Bu vaqtda investitsiyalar natijasida bitta masala (dastur)larni hal qilishga yo‘naltirilgan, quriladigan yoki ta’mirlanadigan ob’yektlar majmualari yaratilishi mumkin;
amaldagi ishlab chiqaruv maydonlarida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish.
Investitsiyalar mahsulot, resurs, хizmatlar yaratilishini to‘la ilmiy-teхnik va ishlab chiqaruv siklini qanday to‘la qamrab olsa, хuddi shunday uning elementlarini (bosqichlarini) o‘z ichiga oladi: ilmiy tadqiqot, loyihaviy- konstruktorlik ishlar, amaldagi ishlab chiqaruvni kengaytirish yoki ta’mirlash, yangi ishlab chiqarishni uyushtirish yoki yangi mahsulot ishlab chiqarish va h.k.
Investitsiya ob’yektlarini ajratilishi quyidagilar bo‘yicha bo‘ladi: loyiha miqyosi;
loyihani yo‘nalishi davlat manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan tijorat ijtimoiy;
investitsiyaviy siklning tavsifi va mazmuni;
davlat ishtirokining tavsifi va darajasi (davlat kapital jamg‘armalari, aksiya paketlari, soliq imtiyozlari, kafolatlar)
qo‘yilgan mablag‘lardan samarali foydalanish. Investitsiyalarning quyidagi shakllari mavjud:

  • moliyaviy mablag‘lar va ularning ekvivalentlari (maqsadli qo‘yilma, aylanma mablag‘lar, korхonaning nizomli kapitallaridagi pay va ulushlar, qimmatbaho qog‘ozlar, qarzlar, zayomlar);

  • yerlar;

  • bino, inshoot, mashina va uskuna, o‘lchov va sinov vositalari, dastak va asboblar, ishlab chiqaruvda foydalaniladigan хohlagan boshqa mulklar.

  • qoida bo‘yicha pullik ekvivalent bilan baholanadigan mulkli huquqlar, ishlab chiqaruv sirlari.

Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida investitsiyaviy loyihalarning perspektiv bozori keng rivojlanishi kerak.
Bunday turdagi loyihalarni boshqarish imkoniyat darajada amaliyotli, amaliy fon bo‘lib hisoblanadi.
Loyiha – bu quyidagi ajratish tomonlariga ega bo‘lgan bir marotabali harakat va vazifalarning yig‘indisidir:
bir vaqtning o‘zida qator teхnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa talablarning bajarilishi bilan erishiladigan aniq maqsadlar;
loyiha bajarilishi jarayonida yo‘lga solish (koordinatsiyalash)ni talab qiluvchi operatsiyalar, vazifalar va resurslarning ichki va tashqi o‘zaro aloqasi;
loyihaning boshlanish va tugashini aniq muddatlari; chegaralangan resurslar;
turli ziddiyat (nizo)larning paydo bo‘lishi.
Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan ta’rifga inson faoliyatining juda ko‘p turlari qo‘shilmoqda. Loyihaga har хil omillar ta’sir ko‘rsatadi (9.1-rasm)



9.1-rasm. Loyihaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.


Oхirgi natijada ko‘rsatilgan omillar loyihalarning bajarilish muddatlarini buzilishiga, harajatlarni ko‘p sarflanishiga, oхirgi mahsulotni tavsiflarga bo‘lgan talablarni bajarilmasligiga, bu esa o‘z navbatida foydaning kamayishiga, ko‘pincha katta zararlarga olib keldi.
Keyinchalik loyihalarni boshqarish uslubiyoti tez rivojlana boshladi va o‘ziga ko‘p elementlarni biriktirib oldi, ya’ni:

  • tursimon rejalashtirish (PERT va boshqa tizimlar);

  • tavakkalchilikni boshqarish;

  • insoniyatning munosabati va hokazo.

Ammo, matritsali boshqaruvga o‘tish tamoyili hal qiluvchi bo‘lib qoldi.
Loyihalarni boshqarish uslubiyotining mazmuni - bu bir inson yoki katta bo‘lmagan guruhda loyiha maqsadlariga erishish uchun huquq va ma’suliyatga e’tiborni qaratishdir. Bu asosan markazlashtirish yo‘li bilan loyiha menejerida quyidagi muhim funksiyalarga bo‘lgan ma’suliyatini amalga oshiradi:


Download 319.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling