Boshqaruv | | Menejment |
| Jarayon |
|
|
Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar
|
|
| |
|
Xar qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to‘g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga xamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jixat bo‘yicha to‘g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi.
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashadi. Zero, ishlab chiqarish (xizmat) uchun resurslar to‘g’ri tanlangandagina va ulardan samarali foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin.
Ma’lumki, biror ashyo( resurs yoki tovar) qancha kamyob bo‘lsa, uning narxi shuncha baland bo‘ladi va, binobarin, uni sotib olmoqchi bo‘lganlar shuncha kam bo‘ladi. Iqtisodchilar buni narxlarning cheklovchilik samarasi deb ataydilar.
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safini ko‘paytirishga, narxning tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar narxlarning bunday ta’sirini ishlab chiqarishga turtki vazifasi deb ataydilar.
Foydaga ta’sir etuvi bu uch unsurning moxiyatini tushungan boshqaruvchigina tanlovni to‘g’ri amalga oshirishi va ishchan qarorni qabul qila olishi mumkin. Boshqarish san’ati va maxorati, ya’ni menejment shundagina namoyon bo‘lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. SHunday qilib, sodda qilib aytganda:
Do'stlaringiz bilan baham: |