Mavzu: Quritishning turli XIL variantida havo va issiqlikning sarf bo’lishi. Maqsad


Download 321.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.09.2023
Hajmi321.71 Kb.
#1683356
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot (1)

sorbsiyalanish izotermasi deyiladi. 
Sorbsiyalanish izotermasi desorbsiyalanish izotermasi ustida joylashgan 
bo’ladi. 1 va 2 egri chiziqlarning bir-biridan farqi gisterezis deb ataladi. 
Gisterezis hodisasidan shu xulosa kelib chiqadiki, bir xil qiymatga ega 
bo’lgan muvozanat namlikka erishish uchun havoning nisbiy namligi materialni 
namlash jarayonida uni quritishdagiga nisbatan katta bo’lishi zarur. 
Gisterezisning hosil bo’lishiga asosiy sabab, quritilgan materialning 
kapillyarlariga havo kirib, bu havoning kapillyarlar devorlarida sorbsiyalanishidir. 
Natijada material qaytadan namlanganda uning namlik bilan ho’llanish darajasi 
kamayadi va havoni kapillyarlardan siqib chiqarish uchun suv bug’ining katta 
parsial bosimi (yoki katta nisbiy namlik φ) kerak bo’ladi. 
Quritish jarayonining mexanizmi ma’lum darajada namlikning material bilan 
bog’lanish turiga bog’liq. Namlikning material bilan ta’sirining uch turi taklif 
qilingan: 
1-rasm. Quritish jarayonining 
muvozanati. 
 
1 – desorbsiya izotermasi; 
2 – sorbsiya izotermasi 


1) Kimyoviy usulda material namlik bilan ta’sirliashganda juda mustahkam 
va ma’lum nisbatlarda birikma hosil bo’ladi. Bu namlikni materialdan ajratish uchun 
yuqori temperaturalar ta’sirida qizdirish yoki kimyoviy reaksiya yo’li bilan ta’sir 
qilish kerak. Quritish jarayonida bunday namlikni materialdan chiqarish mumkin 
emas. 
2) Mexanik usulda birikkan namlik materialdan juda tez chaqib ketadi. 
Bunday namlik moddaning kapillyarlarida va uning yuzasidan joylashgan bo’ladi. 
Mexanik usulda birikkan namlik o’z navbatida ikki xil bo’ladi: 
makrokapillyarlarning va mikrokapillyarlarning namligi modda yuzasidagi 
joylashgan namlik ho’llanish namligi deb yuritiladi. Mexanik birikkan namlik erkin 
namlik deb ataladi va bunday namlikni materialdan mexanik usullar yordamida 
ajratish mumkin. 
3) Fizik-kimyoviy yo’l bilan birikkan namlik ikki turga bo’linadi: adsorbsion 
va osmotik. Adsorbsion namlik materialning yuzasidan va uning g’ovaklarida, 
molekulalarning kuch maydoni ta’sirida mustahkam birikkan bo’ladi. Osmotik 
birikkan namlik bo’kish namligi deb ataladi; bu namlik materiallarning 
to’qimalarida osmotik kuchlar ta’sirida bog’langan bo’ladi. Material tarkibida fizik-
kimyoviy yo’l bilan ushlab turilgan namlik bog’langan namlik deb yuritiladi. 

Download 321.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling