Mavzu: Qushlar va sut emizuvchilar biozararla nish manbalari (6-soat) Reja


Sut emizuvchilarning ko’payishi, xududiy


Download 1.34 Mb.
bet16/23
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#247652
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
8-9-10 mavzu

Sut emizuvchilarning ko’payishi, xududiy

munosabatlari, miqdoriy soni.
Kemiruvchilar ko’payish muddatlarining boshlanishi embirion taraqqiyotining davomiyligiga bog’liq boplib, odatda bolalarining tug’ilishi oziqa mopl-koplligi va rivojlanish qulay sharoiti davriga to’g’ri keladi. Mayda sichqonsimon kermiruvchilar (sichqonlar, dalasichqonlar, og’maxonlar) tez opsib va erta jinsiy voyaga yetadilar (ayrimda bir oylik yoshida) bunday kemiruvchilar sifatli oziqa, u ayniqsa opsimlik urug’lari bilan oziqlanganda bu hol yaqqol kuzatiladi. Bunday holada ular qisqa muddat ichida (35-45 kun) behisob bolalar tug’adi.

Oziqa yetishmovchiligida hayvonlar sekin opsadilar ko’payish keskin qisqaradi yoki umuman topxtaydi. Oziqa qiyinchilik yillarida bahorda tug’ilgan kemiruvchilar bolalari kuzda ham balog’at yoshiga yetmasdan faqatgina kelasi yil bahoridagina ko’payishga kirishadi. Kuzda oziqa mopl-koplligining kamayishi va uning sifati pasayishi tufayli kech yozda va kuzda tug’ilgan bolalarga tahsir qiladi, yahni ular rivojlanadilar va yetilgan holda qishlashga ketadilar. Kuz iliq kelib, yangi urug’ xosillari opsaboshlasa, vitaminlaarga boy oziqa (ayniqsa Ye vitamini), hattoki (kech tug’ilgan kemiruvchi, bolalarini ham balog’atga yetishini tezlashtiradi), ular butun qish davomida ham ko’paya beradilar (A.N.Farmozov, 1937; N.p.Naumov, 1948).

Qish ob-havosiga qaramasdan dalasichqonlar, ayrim sichqonlarning pichan g’aramlarida, poxol topdalarida, yanchilmagan g’aramlarda ko’payishi davom etadi. Bunday muxitdagi oddiy dalasichqonlar tanasining harorati dalada va inlarda yashovchi zotlar tana haroratiga nisbatan 1-2,50S yuqori boplishi aniqlangan (N.D.Sterilgpnikov, 1940: V.V.Kucheruk, 1953).

CHopl va ko’pchilik sahro kemiruvchilarining (qopshoyoqlilar, qumsichqonlar, dalasichqonlar) ko’payishi quruq va issiq havo davrida topxtab, kuzda harorat pasayishi bilan qayta tiklanadi. Optimal haroratning og’ishi, odatda oddiy va jamoa hosil qiluvchi dalasichqonlarning jinsiy mahsuldorligini qisqarishiga yoki umuman topxtashiga olib keladi.

Alohida zot yaxlit turning ajralmas qismidir. Ular tabiiy birlashgan pupulyatsiyani hosil qiladi. populyatsiya tarkibi hayvonlarning aloqalari davomida vujudga keladi va ularning tur hamda individual xususiyatlarini ifodalaydi. populyatsiya tarkibini hosil qilishning asosiy guruhda turli oprinni egallovchi zotlarning muayyan qoida asosida birlashishlarini tashkil qiladi.

populyatsiyaning strukturasi, zotlarning va ular guruhlarining mahlum landshaft elementlari makonida qonuniyatga muvaffiq joylashish va bunday xududlardan foydalanishda shu tur tipiga xos xususiyatlarni aks ettirishdir.

Zotlarning yashash makonida qonuniy taqsimlanishi - populyatsiyaning barcha xayotiy mehyor formalarining asosidir. Bu ayniqsa muhit resurslar oziqa, himoya, mikroiqlim va h.dan samarali foydalanishni belgilaydi. popuyatsiya makoniy strukturalanishining ikkinchi biologik mohiyati - tur ichida (populyatsiya ichida) zotlar orasidagi zaruriy barqaror aloqalarini tahminlash asosidir.

U yoki bu populyatsiyaga tahluqli zotlar alohida yashab yakka hayot kechiradi yoki guruhga yoki koloniyaga birlashib guruxlab hayot kechiradi. Kemiruvchilarning extiyojini qondirish uchun yetarli oziqa miqdori (ular zaxirasining qayta tiklanishi kerak), boshpana va qulay mikroiqlimli xudud kerak.

Xududga va ular hayot tarzi ehtiyojini qondirish usullari turning morfofiziologik va ekologik xususiyatlarini belgilaydi. Oziqlanish, zotlar va ular guruhlar ichidagi raqobatlik munosabatlari, boshqa turlar bilan opzaro munosabatlar, ko’payish va boshpanaga extiyoj asosiy ahamiyat kasb etadi. Ikki tipdagi asosiy hayot kechirish mavjud: (ko’payish mavsumida ko’pincha yakka-oilaviy ) va guruhli.

Alohida hayot kechirishda har bir hayvon individual uchastkaga (xududga) ega bopladi. Individual yoki oilaviy uchastkalar ko’pchilik kemiruvchilarga xos, masalan qishda ham oilaviy uchastkalarni saqlab qoluvchi olmaxonlarga har bir optroq holda yashovchi sichqonlar mahlum xududda yashaydi, ammo, alohida zotning uchastkasi doimiy bo’lsada, lekin ajratilmagan (izolyatsiyalanmagan) va ko’pincha bir-birini topsib qopyadi. Sichqonlarning harakatchanligi qishki – bahorgi davrda va yozning boshida sustroq va individual uchastkalari opnlab yoki yuzlab metr kvadrat bilan chegaralanadi. Asosan hosil urug’larining yetilishi bilanoq ularning maydoni 2-3 ming metr kvadratga qadar kengayadi. Malla dala sichqonning izolyatsiyalangan uchastkalarida ham urchiydigan urg’ochilari bopladi. Yosh va voyaga yetgan erkak dala sichqonlarning individual uchastkalari bilan qopshilib ketadi. Jinsiy voyaga yetgan erkak kemiruvchilarning urchish masumida uchastkalari ayniqsa yirik (oprtacha 1000-4500-27000m2), urchiydigan urg’ochi uchastkasining xajmi 600 m2 (100-1100) egallaydi. Urchish mavsumi tugagandan keyin erkak va urg’ochilar egallagan uchastkalar xajmi orasidagi farq yopqoladi va ular taxminan bir xil xajmni egallaydi.

Ko’pincha kemiruvchilarning egallangan uchastkalari bir-biridan keskin izolyatsiyalanmagan, ammo uyalarga yaqin inlar qathiy himoyalangan bopladi. Oddiy dalasichqon uyalarini oilalari yoki alohida hayvonchalari bir oz muddatga egallab, keyin ular bopsh qopshni inlarga optadilar yoki yangilarini qaziydilar. Bopshagan inlarni bir oz vaqt optgach yangi yashovchilar egallaydilar. SHunday qilib, har bir oila vaqti-vaqti bilan mahlum uchastkalar doirasida opz boshpanalarini almashtiririb turadilar. SHunga opxshash yerdan foydalanish tipi katta qumsichqonda ham kuzatilgan. Indan inga kopchib optadigan hayvonlar yosh, hattoki hali kopzi ochilmagan va yalang’och bolachalarini ham tashiydilar. Ko’pincha va muntazam ravishda boshpanalarni almashtirib turish olmaxonlarda, yumronqoziqlarda, boshqa qumsichqon, dalasichqon, sichqon va og’maxonlarda kuzatilgan (Ilgpichev i dr., 1987). Bu inda ko’p miqdordagi ektoparazitlarning yig’ilishi va inning ekskrementlari bilan ifloslanganligi bog’liq.

Boshpana ko’p hollarda hayvon oprnashishi va uning uyadagi sonini limitlaydi. Alohida hayot kechiruvchi zotlarda in egallangan qismini belgilash ehtiyoji tug’iladi. Sut emizuvchilarda bu maqsadda ularning optkir hid tarqatuvchi bezlari yordam beradi.

Alohida yoki individual hayot kechirishning umum-biologik mohiyati shundan iboratki, hayvonchalarning alohida xududlarni egallashi aniq boshpana, yosh kemiruvchilarni boqish va ularni noqulay mavsumlardan muhofazalash bilan bog’liqdir. Yashash joyidan bunday foydalanish usuli, harakatlanish qobiliyati chegaralangan, ammo oziqa zaxirasi mopl-kopl boplib, nisbatan bir tekis taqsimlangan turlarda kuzatiladi.

Alohida yashash bilan bir qatorda guruhlab hayot kechirish ham mavjud. Hayvonlarni guruhlarga birlashtirish ularga muhitni topliq opzlashtirishlarida bir qancha afzalliklar va qobiliyat beradi.



Bunday tipdagi hayvonlar guruhiy birlashishlari siyrak opsimlikli chopl va sahro yumronqoziqlari, suriklari, katta qumsichqonlari va ayrim dalasichqonlariga xos xususiyatdir. Bunday manzilgohlar yetarli miqdorda oziqasi boplgan joylarda kuzatilib va kemiruvchilar yirtqichlarini (ayniqsa qushlar) ham hammadan kopra yaxshiroq kuzatish imkonini beradi. Yaqindan yashashlari va doimiy qopshnichilik aloqalarida bundan hayvonlar mahlum manzilgoh doirasida individual yoki oilaviy uchastkalarga ega bopladilar. Alohida oziqa maydonchalaridan ko’pincha ular birgalikda foydalanadilar. Bunday koloniyalarga, yakka hayot kechiruvchi turlar ham oprnashib oladilar (45 rasm).

45-rasm. Kichik yumronqoziqlarning individual uchastkalari. (po A.N.Soldatovoy, 1962).



1-urg’ochilar individula uchastkalarning chegarasi. 2-shuningdek erkaklariniki. 3-erkaklar uya teshiklari. 4-urg’ochilarning chiqish inlari. Har bir hayvonchalarning maqul koprgan oziqlanish oprinlari.
Ko’pchilik kemiruvchilarning miqdoriy soni opzgarib turadi. Bu ularning soniga tashqi muhit omillarining ta’siri hamda turlar orasidagi va tur ichidagi munosabatlarga bog’liq. Tashqi muhit sharoitlari ko’pincha hayvonchalarning opziga bevosita tahsir ko’rsatmaydi. Ularning ta’siri populyatsiyaning opziga xosligi va mexanizmlari orqali ifodalanadi. Ammo ayrim hollarda iqlim omillari kemiruvchilar xulq atvoriga to’g’ridan to’g’ri tahsir qilib ularni halokatga olib kelishi mumkin. Jumladan, jala yomg’ir tufayli inlarni suv bosishi dalasichqonlarni ommaviy qirilishiga olib keladi. Ancha serharakat va yaxshi oprmolovchi sichqonlar, ko’pincha halokatdan qutilib qoladilar. Kemiruvchilarning ommaviy qirg’ini qor yoki muz erishi tufayli suv toshqini davrida ham kuzatiladi. Bunday holda tirmashib va suzish qobiliyatiga ega boplgan kemiruvchilar turlari ham omon qoladilar. SHunisi qiziqki suzdalgp sichqoni suv toshqinlari davrida ko’payishdan topxtaydi. (46 rasm.)

46-rasm. Volga deltasida suv dalasichqon populyatsiyasi urg’ochisining xomila foizining opzgarishi. (po G.A.Kondrashkinu, 1946 )

Tashqi harorat muhiti to’g’ri tahsir ko’rsatishi mumkin. Ularning ommaviy oplishi yupqa qorli qahraton qishda, yer chuqur muzlaganda va bahorda kunlar isishi bilan inlarni suv bosishi tufayli kuzatiladi.

Mayda kemiruvchilar sonining keskin ko’payish hollari kamdan- kam xususiyatga ega boplib, ayrimda u yoki bu tur sonning tasodifan juda keskin oshishiga olib keladi. Bunday yirik ko’payish oldindan bir qator uncha katta boplmagan koptarilishlar, kamayish bilan almashinib turadi. Oprta iqlimli xududlarda kemiruvchilar sonining eng yuqori miqdorda ko’payishi 10-11 yilda bir marta kuzatiladi. (47-rasm) Kemiruvchilar soning oshishiga metereologik qulay kelgan yillari, oziqaning serobligi, ularni ommaviy ko’payishiga olib keladi.






Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling