Mavzu: Qushlar va sut emizuvchilar biozararla nish manbalari (6-soat) Reja


Qushlar zararlantiradigan obyektlar


Download 1.34 Mb.
bet2/23
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#247652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
8-9-10 mavzu

Qushlar zararlantiradigan obyektlar
Materiallar, tehnik qurulmalar, me’morchilik va sanoat inshootlari, yodgorliklar, obidalar, va nihoyat xom-ashyo resurslarini etishtirish, saqlash, ularni transportirovka qilish, qayta ishlov berish bosqichlarida qushlar tomanidan zararlantirish kabi qotor amaliy jihatdan salbiy muammolarni qamrab olgan. Quyida shularning eng muhimlariga to’xtalib o’tamiz.


Mo’ynali hoyvonlar fermalari sharoitida qushlarning zarari
Qushlar teri-mo’yna buyumlarini bilvosita zararlantirishda ishtirok etib, ularni sifatini pasaytiradi. Chorva fermalarida haywonlarga tegishli oziqaning bir qismini yeb, addiy zarar keltirishini ham aytib o’tish o’rinlidir. Bu zarar asosan, ola qarg’alar, maynalar, chumchuqlar tomanidan etkaziladi. Negaki mo’yna fermalarida ayniqsa, qish faslida oziqa miqdorining mo’l-ko’l bo’lishligi qishlovchi qushlar populyatsiyasini bunday obyektlar o’ziga ko’proq jalb etadi. Chorva fermalari sharoitida ularni cho’chitib haydash juda qiyin, butunlay yo’qatish esa undan ham qiyinroq kechadi. Qanchalik darajada samarali cho’chitib haydash usullari qo’llanilmasin qushlar bunday joylarga tez-tez galalashib turadi va mo’ynali hayvonlar uchun beriladigan oziqaga sherik bo’ladi. Lekin qushlarning (qarg’alar) bir qismini tutish va otish yo’li bilan sonini qisqartirish katta samara bermaydi, chunki qushlar soni atrofda yashayotgan populyatsiya hisobidan tezda tiklanadi. Garchand bu yetkazilayotgan zararlarni miqdoriy ko’rsatkichlarini hozircha baholash qiyin bo’lsa ham, uning ancha yuqori ekanligiga shubha yo’q. Chorva fermalari sharoitida hozirgacha qushlar zararini kamaytirishning samarali chora tadbirlari mavjud emas. Bu borada birdanbir eng istiqbolli usullardan biri o’rgatilgan yirtqich qushlardan faydallanish mumkin.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling