Mavzu: Quvur tarmoqlarining ishlatish jarayonida yuklama berish shartlari va quvurlar tarmog‘ining chekka holatlari


Magistral quvurlar konstruktiv tasnifi


Download 3.78 Mb.
bet2/3
Sana08.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1695288
1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza

Magistral quvurlar konstruktiv tasnifi

Konstruksiyalarni (quvurlar tarmoqlarini) me’yorda (normal) imkoniyatini cheklovchi eng chekka ho­latlar quyidagilar:

  • uning mustahkamlik shartidan kelib chiquvchi (elementning asosiy kesimida oquvchanliklarning paydo bo‘lish shartlari yoki statik, takroyuklamalarda yemirilish shartlari) rlanuvchan statik va siklik (davriy ravishda takrorlanuvchi) asosiy qobiliyati bilan;
  • eng katta deformatsiya — statik yuklamalardagi bukilishlar, dinamik yuklamalardagi tebranishlar bilan;
  • maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan mahalliy shikastlanishlar (deformatsiyalar, darz ketishlar, korroziya va boshqalar) bilan.

Hozirgi kunda haydash stansiyalarining ishini boshqarish uchun bir qancha usullar qo‘llaniladi:

  • alohida nasoslarni yoki nasos stansiyasini to‘xtatish;
  • almashilayotgan rotorli nasoslarni;
  • stansiyadan yoki bitta nasos qurilmasidan maksimal chiqishi ortiqcha bosimni so‘ndirish.

  • Bu usullar magistral quvur tizimida boshlang‘ich avariya holatlarini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
    Bitta nasosning avariya holati bilan magistral quvur tizimi to‘xtab qolishini oldini olish uchun rezerv nasoslar ishlatiladi.
  • Quvurni ishlatishda eng murakkab davr ma’lum vaqt mobay­nida to‘satdan nasos stansiyalaridan birini avariyaviy o‘chib qolishi hisoblanadi. Nasoslar o‘chib qolishi bilan texnika xavfsizligi qoidalariga asosan ish jarayoni to‘xtatiladi.
  • Agarda bitta nasos stansiyasi o‘chib qolsa, ma’lum vaqt mobay­nida porshenli nasoslar qo‘yilgan bo‘lsa, texnologik jarayonni ishlatish mumkin, agarda bo‘sh nasos stansiyasida bu holat kuzatilsa hamma jarayon to‘xtatiladi. Umuman olganda nasoslarni ketma-ket, paralell va aralash usulda ulash mumkin.
  • Ketma-ket ulash yuqori naporni olish uchun ishlatiladi.
  • Paralell ulash esa asosiy nasoslar bilan rezerv nasoslarni ulashda ishlatiladi.
  • Avariya holati yuqori bo‘lgan uchastkalarda aralash usuldan foydaliniladi.
  • Magistral neft quvurini yotqizilish shart-sharoitiga bog‘liq holda qurish ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
  • Ketma-ketlik. Neft quvurining chiziqli qismi, Bosh haydash stansiyasi va neft quvurining oxirgi qabul qilish punkti
  • Ketma-ketlik. Oraliq haydash stansiyalarini ishga tushirish, rezervuarlar bilan jihozlangan ekspluatatsion uchastkalar bo‘yicha bo‘linadi.
  • Ketma-ketlik. Har bir uchastkada bir yoki bir nechta oraliq haydash stansiyalarni ishga tushirish.
  • Ketma-ketlik. Loyihadagi qurib bitkazilgan hamma hay­dash stansiyalarini uzil-kesil ishga tushirish.


Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling