Konstruksiyalarni (quvurlar tarmoqlarini) me’yorda (normal) imkoniyatini cheklovchi eng chekka holatlar quyidagilar: - uning mustahkamlik shartidan kelib chiquvchi (elementning asosiy kesimida oquvchanliklarning paydo bo‘lish shartlari yoki statik, takroyuklamalarda yemirilish shartlari) rlanuvchan statik va siklik (davriy ravishda takrorlanuvchi) asosiy qobiliyati bilan;
- eng katta deformatsiya — statik yuklamalardagi bukilishlar, dinamik yuklamalardagi tebranishlar bilan;
- maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan mahalliy shikastlanishlar (deformatsiyalar, darz ketishlar, korroziya va boshqalar) bilan.
Hozirgi kunda haydash stansiyalarining ishini boshqarish uchun bir qancha usullar qo‘llaniladi: - alohida nasoslarni yoki nasos stansiyasini to‘xtatish;
- almashilayotgan rotorli nasoslarni;
- stansiyadan yoki bitta nasos qurilmasidan maksimal chiqishi ortiqcha bosimni so‘ndirish.
Bu usullar magistral quvur tizimida boshlang‘ich avariya holatlarini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Bitta nasosning avariya holati bilan magistral quvur tizimi to‘xtab qolishini oldini olish uchun rezerv nasoslar ishlatiladi.
- Quvurni ishlatishda eng murakkab davr ma’lum vaqt mobaynida to‘satdan nasos stansiyalaridan birini avariyaviy o‘chib qolishi hisoblanadi. Nasoslar o‘chib qolishi bilan texnika xavfsizligi qoidalariga asosan ish jarayoni to‘xtatiladi.
- Agarda bitta nasos stansiyasi o‘chib qolsa, ma’lum vaqt mobaynida porshenli nasoslar qo‘yilgan bo‘lsa, texnologik jarayonni ishlatish mumkin, agarda bo‘sh nasos stansiyasida bu holat kuzatilsa hamma jarayon to‘xtatiladi. Umuman olganda nasoslarni ketma-ket, paralell va aralash usulda ulash mumkin.
- Ketma-ket ulash yuqori naporni olish uchun ishlatiladi.
- Paralell ulash esa asosiy nasoslar bilan rezerv nasoslarni ulashda ishlatiladi.
- Avariya holati yuqori bo‘lgan uchastkalarda aralash usuldan foydaliniladi.
- Magistral neft quvurini yotqizilish shart-sharoitiga bog‘liq holda qurish ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
- Ketma-ketlik. Neft quvurining chiziqli qismi, Bosh haydash stansiyasi va neft quvurining oxirgi qabul qilish punkti
- Ketma-ketlik. Oraliq haydash stansiyalarini ishga tushirish, rezervuarlar bilan jihozlangan ekspluatatsion uchastkalar bo‘yicha bo‘linadi.
- Ketma-ketlik. Har bir uchastkada bir yoki bir nechta oraliq haydash stansiyalarni ishga tushirish.
- Ketma-ketlik. Loyihadagi qurib bitkazilgan hamma haydash stansiyalarini uzil-kesil ishga tushirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |